Chet el fuqarolariga Rossiyada taksist bo‘lib ishlash ta’qiqlanishi mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishC 1-iyunya vstupil v silu zapret na rabotu dlya voditeley, ne imeyushix rossiyskix prav
C 1-iyunya vstupil v silu zapret na rabotu dlya voditeley, ne imeyushix rossiyskix prav - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat dumasi deputatlari tegishli qonun loyihasini kelayotgan yilda kiritishni rejalashtirishgan

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Chet el fuqarolariga 2019-yilda Rossiyada yengil avtomobil haydovchisi bo‘lib ishlashga ta’qiq qo‘yilishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya fuqaroligini olgan xorijliklar soni ortmoqda

RF Davlat dumasining transport va qurilish masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi Yevgeniy Moskvichev deputatlar bunday tashabbusni 2019-yilda ilgari surishlarini ma’lum qildi.

"Eslatib o‘taman, biz taksi to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qilishda qabul qilgandik, umid qilamanki, 2019-yilda yengil taksi to‘g‘risidagi qonun ustida yana ishlaymiz va oxirgi variantda qabul qilamiz. Yana takrorlayman, bu qonunda deputatlar tomonidan kiritilgan, Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lmagan chet ellik haydovchilarga yengil taksida ishlashni ta’qiqlash to‘g‘risidagi taklif va tuzatishlar bo‘ladi", - deb Moskvichev so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda uning matbuot-xizmati.

Dekabr oyida Davlat dumasi tomonidan taksi agregatorlari haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qilishda qabul qilingan edi. Hujjat muhokamasi mobaynida qonunchilik tashabbusini keyinchalik yanada takomillashtirish masalasi ko‘tarilgan edi.

Ushbu ta’qiq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar fuqarolariga ham taalluqli bo‘lish-bo‘lmasligi hozircha ma’lum qilinmayapti.

Yangiliklar lentasi
0