Bunaqasi bo‘lmagan: Toshkentda qorbobolar bayram marshi boshlandi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennoslujashie VS Uzbekistana v kostumax Deda Moroza
Voyennoslujashie VS Uzbekistana v kostumax Deda Moroza - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yil ayyomi munosabati bilan Mudofaa vazirligi harbiy orkestri bayram aksiyasini boshladi.

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy orkestri tomonidan Toshkent shahri aholisi va mehmonlari uchun Yangi yil ayyomiga bayramona konsert dasturlari tuhfa etilmoqda.

Yelka s girlyandoy v vide begushey stroki - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik yangi yil aksiyasida ishtirok etishni taklif qiladi

Konsertning dastlabkisi bugun, 27-dekabr kuni poytaxtning Mustaqillik shoh ko‘chasidagi Yoshlar ijod saroyi yonidagi ochiq maydonga o‘rnatilgan yangi yil bayramining bosh archasi oldida Qorbobo kiyimiga kiyingan harbiy san’atkorlar tomonidan taqdim etildi.

Ertaga, 28-dekabr kuni soat 15:00da Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Ekobozor” savdo majmui oldida harbiy okrestrning navbatdagi aksiyasi bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, harbiy orkestrning bayramona konserti yana quyidagi joylarda o‘tkaziladi:

- 29-dekabr kuni soat 15:00da Qo‘yliq massividagi “Kompas” ko‘ngilochar savdo majmuasida;

- 30-dekabr kuni soat 15:00dan 18:00ga qadar poytaxt metropoliteni liniyalarida;

- 31-dekabr kuni soat 10:00da yangi yil bayramining bosh archasi oldida (mo‘ljal Yoshlar ijod saroyi).

Shuningdek, poytaxtdagi yangi yil bayramining bosh archasi oldida 2019-yilning 3-yanvar kuniga qadar soat 19:00 dan 20:00 gacha mazkur tomoshalar bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0