Bekobodda ota va bola sababsiz pichoqlandi

© Sputnik / Kirill KallinikovNoj v ruke mujchini
Noj v ruke mujchini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Natijada ota va bola kasalxonaga yotqizilganlar. Ko‘rilgan choralar natijasida jarohat yetkazgan uch nafar shaxs ham qo‘lga olindi.

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Toshkent viloyatining Bekobod shahrida uch nafar mast kishi fuqaroga pichoq bilan hamla qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.

“26 dekabr kuni Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi X.M., birga yashovchi qarindoshi H.Yu. va qo‘shnisi A.A.lar mast holda Iqtidor ko‘chasidan o‘tuvchi temir yo‘l kesishmasi oldida hech bir sababsiz fuqaro J.Ya.ga pichoq bilan hamda ularni ajratmoqchi bo‘lgan otasi H.Ya.ning yuz qismiga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazib, voqea joyidan qochib ketganlar”, - deyilgan xabarda.

Natijada ota va bola kasalxonaga yotqizilganlar. Ko‘rilgan choralar natijasida jarohat yetkazgan uch nafar shaxs ham qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Xorazmda qiz o‘z otasini pichoqlab qo‘ygani haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0