TOShKENT, 27 dek – Sputnik. AQSh bundan keyin ham dunyo polichiyachisi maqomida qololmaydi, deb bayonot qildi Tramp Iroqqa uyushtirgan e’lon qilinmagan tashrifi davomida.
"Qo‘shma Shtatlar jahon politsiyachisi bo‘lib qololmaydi. Bu faqat bizga yuk bo‘layotgani, adolatdanmas", - deya iqtibos keltirgan Oq uy jurnalisti Tramp nutqidan.
Tramp shuningdek, mudofaaga pul to‘lamaydigan boshqa mamlakatlar AQSh harbiylaridan o‘z himoyasi uchun foydalanishlarini Vashington xohlamasligini aytmoqda.
"Biz butun dunyo bo‘ylab tarqalganmiz. Biz hattoki aksariyat odamlar eshitmagan mamlakatlarda bormiz. Kulgili, chin so‘zim", - deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
Tramp bunga o‘xshash bayonotlarni avval ham qilgan. Misol uchun, aprel oyida Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxari bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot-anjumanida Tramp AQSh o‘n yilliklar davomida dunyodagi tartibni saqlab turish uchun ulkan mablag‘larni sarflaganini ta’kidlab, ammo endilikda bu ustuvor vazifa bo‘lmasligini qayd etgan edi.
"Biz o‘zimizning mamlakatni tartibga keltirishni, o‘zimizning mamlakatni qayta tiklashni rejalashtirmoqdamiz", - deb bayonot qilgan edi u o‘sha vaqtda.