Toshkentdagi Humo Arena muz saroyi hududida yong‘in ro‘y berdi

© Sputnik / Keytlin Ouks / Mediabankka o‘tishPojarniy tushit ogon
Pojarniy tushit ogon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki xabarlarga ko‘ra, alangalanishga payvandlash ishlari davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Bugun soat 10.35 atrofida Toshkentdagi “Humo Arena” ko‘p tarmoqli muz saroyi yaqinida barpo etilayotgan avtoturargoh hududidagi ombor uchun ajratilgan binoda yong‘in ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Bu yerda qurilish materiallari alanga olgani ma’lum qilindi.

Toshkent shahar IIBB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi o‘t o‘chiruvchilarining tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat bartaraf qilishga erishildi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar bo‘lmadi.

Prezident Uzbekistana osmotrel xod stroitelstva ledovogo dvorsa - Sputnik O‘zbekiston
"Humo Arena" Yangi yil bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi

Dastlabki xabarlarga ko‘ra, alangalanishga payvandlash ishlari davomida yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilmaslik sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Yetkazilgan zarar summasi aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Humo Arena” muz saroyi binosining umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Sport musobaqalar o‘tkazish sifatida esa 14 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Shuningdek, majmua hududida sport muzeyi, bolalar uchun yopiq o‘yingoh, trenajor zallari, fitnes markazi, zamonaviy tipdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari, sport anjomlari do‘koni va boshqa xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashtiriladi.

Yangiliklar lentasi
0