Rus olimlari qon bosimi oshishiga qarshi nano-dori vositasini yaratishdi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishRabota Novouralskogo zavoda "Medsintez"
Rabota Novouralskogo zavoda Medsintez - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butunjahon sog‘liqni saqlash statistikasiga ko‘ra, yurak qon-tomir kasalliklari, jumladan, infarkt va insult global darajada inson o‘limining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Novosibirsk biologlari qon bosimini pasaytiruvchi maxsus nano-zarrachalarini yaratishdi. Ushbu prepraratni gipertoniya xastaligiga chalingan kalamushlarda sinab ko‘rishdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Rak molochnoy jelezi - Sputnik O‘zbekiston
BSST: 2030-yilda saratondan 13 million inson o‘ladi

“Bizning preparatimiz nano-zarrachalar va DNKning qisqa molekulalari kompleksidan iborat. Birinchilar ikkinchilarning hujayralarga kirishiga ko‘maklashadi. U yerda ular RNK matritsasi bilan bog‘lanib, oqsil paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Shu tufayli hujayradagi retseptorlar soni ko‘paymaydi va qon bosimi ko‘tarilmaydi”, - dedi Novosibirsk davlat universiteti vakili Asya Levina.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti statistikasiga ko‘ra, yurak qon-tomir kasalliklari, jumladan, infarkt va insult global darajada inson o‘limining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolmoqda. Har yil bu kasalliklardan 17 millionga yaqin inson hayotdan ko‘z yumadi. Ularning aksariyatida qon bosimining oshishi kuzatilgan.

Yangiliklar lentasi
0