TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Toshkent Moskva bilan O‘zbekistonga Butunrossiya ko‘rgazmalar markazi (VVS) hududidagi pavilonni qaytarish masalasi bo‘yicha ish olib bormoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov Federatsiya kengashi qo‘mitasining iqtisodiy siyosat bo‘yicha raisi Dmitriy Mezensev bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Biz hozir tashqi ishlar vazirligi bilan bizga VDNXda pavilon ajratish bo‘yicha ish olib bormoqdamiz. Agar yodingizda bo‘lsa, 66-sonli pavilon O‘zbekistonga tegishli edi. Biz hozir restavratsiya qilib, O‘zbekiston pavilonini ishga tushirish uchun uni qaytarib olmoqchimiz”, - deya Asadovning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti. Elchi pavilon chiroyligi, milliy an’analarni inobatga olgan holda qurilganini ta’kidlab o‘tdi.
66-sonli pavilon 1954-yilda arxitektor Stefan Polupanovning loyihasi bo‘yicha qurilgan. Pavilon binosi g‘o‘za shaklidagi elementlar bilan bezatilgan va o‘zining betakrorligi bilan ajralib turgan.
Hozirda pavilon restavratsiya qilinmoqda.