TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Moskva chegara xizmati xodimlari UFC chempioni Xabib Nurmagomedov va uning o‘rtog‘ini “IShID” jangarlari deb o‘ylab, ularni to‘xtatishdi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.
Nurmagomedov va uning o‘rtog‘i barcha tartib-qoidalarga asosan so‘roq qilindi.
Shubhali narsa aniqlanmagandan so‘ng chegarachilar ularni qo‘yib yuborishdi. Turkiyaga yo‘l olgan Nurmagomedov bu holatdan keskin norozi ekanligini bildirdi.
Bu hodisaga qaramasdan, sportchi chegarachilar bilan birga esdalik uchun suratga tushdi.