TOShKENT, 26 dek – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki esdalik tangalarini sotish narxlarini yangiladi, ular 26-dekabrdan kuchga kiradi:
- 1 oltin tanga - 13,1 mln so‘m;
- 1 kumush tanga - 244 ming so‘m
Shu tariqa, oltin tangalar narxi 200 ming so‘mga, kumush tangalar 1 ming so‘mga oshgan.
Markaziy bank 1900 ta oltin va 6900 ta kumush esdalik tangalarini savdoga chiqargandi.