TOShKENT, 25 dek – Sputnik. O‘zbekiston PwC va Jahon banki hamkorligida amalga oshirilgan “Paying Taxes 2019” tadqiqotlari natijalariga ko‘ra (2019 yil soliqqa tortish reytingi) 64-o‘rinni egalladi. Mazkur ma’lumotlar PwC va Jahon bankining yillik hisobotida keltirilgan.
Keltirilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda umumiy soliq stavkasi 32,1% tashkil etadi, bu esa kompaniya daromadida soliq, kirim va to‘lovlarining solishtirma hajmi sanaladi. Agar ushbu ko‘rsatkichni boshqa yurisdiksiyalar bilan solishtirsa, ular Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘yicha o‘rtadan past sanaladi (32,8%), shuningdek Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti mamlakatlari ko‘rsatkichidan ham past sanaladi (40,2%).
Soliq qonunchiligiga muvofiqlik uchun yillik vaqt hajmi nisbatida O‘zbekiston ko‘rsatkichi (181 soatni) tashkil qilib, u Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti mamlakatlariga yon bosadi (162 soat), ammo shu bilan birga aksariyat Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlarini ortda qoldiradi (hudud bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich — 220 soat).
Yana bir taqqoslama ko‘rsatkich bu yillik soliq to‘lovi bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich O‘zbekiston uchun 10 ta to‘lovni tashkil qiladi. Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun ushbu ko‘rsatkich 16 ta to‘lovni, Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik tashkiloti mamlakatlari uchun — 11 ta to‘lov. O‘rtacha jahon ko‘rsatkichi yillik 24 ta to‘lovni tashkil qiladi.
Tadqiqotga ko‘ra, dunyoning 163 mamlakati QQS (qo‘shimcha qiymat solig‘i) tizimini qo‘llaydi. QQSni qaytarish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkich Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida, bu esa ularni Markaziy Amerika, O‘rta Sharq va Osiyo-Tinch-okeani hududlaridan ajratib turadi.
Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa davlatlari yetakchi uchtaligiga Serbiya — 91,1, Moldova — 90,8 va Ukraina — 86 kirgan bir vaqtda, O‘zbekiston ko‘rsatkichi 100 dan 48,2 tashkil qiladi.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari orasida Ozarbayjon - 28, Rossiya – 53, Qozog‘iston 56, Armaniston - 82, Tojikiston - 136, Qirg‘iziston esa 150 o‘rinni band etgan.