Toshkentda 31-dekabr kuni barcha avtobuslar ish rejimi bir soatga uzaytiriladi

© Foto predostavleno ochevidsem sobitiyaAvariya s reysovim avtobusom v Tashkente
Avariya s reysovim avtobusom v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur qaror Toshkent shahri aholisi va mehmonlarining mazmunli hordiq chiqarishi uchun qabul qilingan.

TOShKENT, 25 dek - Sputnik. 2018-yil 31-dekabr kuni Toshkent shahridagi barcha avtobus yo‘nalishlari ish rejimiga o‘zgartirish kiritilib, ish tugash vaqti 1 soatga uzaytiriladi, deb xabar berdi “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati.

Yangi yil bayrami tadbirlari munosabati bilan, Toshkent shahri aholisi va mehmonlariga mazmunli hordiq chiqarish, madaniy dam olish shart-sharoitlarini yaratish to‘g‘risida Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan, “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan 2018-yil 20-dekabrdagi 238-sonli buyrug‘i qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2018-yil 31-dekabrda Toshkent shahridagi barcha avtobus yo‘nalishlari ish rejimiga o‘zgartirish kiritilib, ish tugash vaqti 1 soatga uzaytirildi.

Yangi yil bayrami tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan Toshkent shahri ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalari harakatini vaqtincha cheklanganligini inobatga olib:

- Istiqlol va Zarafshon ko‘chalarining yopilishi munosabati bilan, 90A, 91A, 115A-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali, “Navoiy – A. Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, A.Temur ko‘chasi (Oloy bozori tomonga) orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

- Istiqlol ko‘chasining yopilishi munosabati bilan, 53A-sonli yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – A.Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, chorrahadan burilib olib, Navoiy ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi; shuningdek, 33A, 55A, 96A-sonli yo‘nalishlarda avtobuslar harakati A.Temur ko‘chasi orqali “Navoiy – A.Temur” ko‘chalari chorrahasigacha, Shahrisabz ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishlari bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

- Sebzor ko‘chasining yopilishi munosabati bilan, 9A, 17A, 52A-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – Abay” ko‘chalari chorrahasigacha, Abay ko‘chasi orqali o‘z yo‘nalishlari bo‘ylab harakatini davom ettiradi; 150-sonli yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati Navoiy ko‘chasi orqali “Navoiy – Abay” ko‘chalari chorrahasigacha, Abay ko‘chasi orqali “Abay – A.Qodiriy” ko‘chalari chorrahasigacha, A.Qodiriy, Sebzor ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi;

- So‘galli ota ko‘chasining (Algoritm korxonasi oldida) yopilishi munosabati bilan, 13A, 69A, 107-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, So‘galli ota, Dilband ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi; 4A, 48A, 87A, 94A, 146A-sonli yo‘nalishlar bo‘yicha avtobuslar harakati So‘galli ota, Zargarlik, Zargarlik 5-tor, Diydor, So‘galli ota, Dilband ko‘chalari orqali o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatini davom ettiradi.

Yangiliklar lentasi
0