Ne’matov: O‘zbekiston va Rossiya ikkinchi mintaqalararo biznes-forumga tayyorgarlik ko‘rmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaIlxom Ne’matov, perviy zamestitel ministra inostrannix del
Ilxom Ne’matov, perviy zamestitel ministra inostrannix del - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, birinchi forumdan keyin bu ishni davom ettirish haqida kelishuv bo‘lgan. 2019-yilda ham mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tadi va bu tadbir sanasi tez orada e’lon qilinadi

TOShKENT, 25 dek - Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya 2019-yilda o‘tkaziladigan mintaqalararo biznes forumga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb ta’kidladi seshanba kuni o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov. Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabariga asosan.

Gosudarstvenniy vizit prezidenta RF V.Putina v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Putin tashrifi maqsadi: O‘zbekiston va Rossiya I mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlari

Vazir o‘rinbosari joriy yil oktabr oyida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi bo‘lib o‘tgani va ushbu tashrif juda muvaffaqiyatli kechganini qayd etdi.

"O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi bo‘lib ishlaganman va shuni ta’kidlash mumkin-ki, O‘zbekiston va Rossiya tarixida bu qadar ko‘lami keng tashrif bo‘lmagan", - dedi diplomat. 

Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, Putinning tashrifi doirasida o‘tkazilgan mintaqalararo forum O‘zbekiston uchun yangi va juda ma’qul format.

"Chunki regionlar bir-biri bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borsalar, masalalar ham tezroq hal bo‘ladi. Hukumat, davlat tuzilmalari va boshqa idoralar orqali masalalarni hal etish birmuncha qiyin. Shu bois, bugungi kunda mintaqalararo aloqalar jadal rivojlanmoqda", - dedi Ne’matov. 

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston viloyatlari rahbarlari Rossiya Federatsiyasiga muntazam borib kelishmoqda. Xususan, Namangan viloyati hokimligi delegatsiyasi Chelyabinskda, Farg‘ona viloyatiniki - Ufada, Toshkent viloyati delegatsiyasi esa Orenburgda bo‘lib qaytishgan.

"O‘zbekiston tomon ham Rossiya tomoni ham bu kabi forumlarni o‘tkazishdan manfaatdor. Albatta, kelasi yilda ham o‘tkazamiz. Ammo e’tibor bergan bo‘lsangiz, Senatdagi majlisda (17 yalpi majlis haqida gap bormoqda, - tahr.) bu savolga javob bergan edim. Biror tadbirni o‘tkazishdan oldin unga tayyorgarlik ko‘riladi. Sababi, har bir uchrashuv, har bir tashrifdan aniq natija olinishi lozim. O‘zbekiston prezidenti ham bir necha marotaba "biz shunchaki turistik tashriflarni amalga oshirmasligimiz kerakligi" haqida gapirganlar. Bunday forumlarda iqtisod, turistik sohasilariga juda katta e’tibor qaratishimiz kerak", - deb qayd etdi diplomat.

Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, birinchi forumdan keyin bu ishni davom ettirish haqida kelishuv bo‘lgan. 2019-yilda ham mintaqalararo forumi bo‘lib o‘tadi va bu tadbir sanasi tez orada e’lon qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0