TOShKENT, 25 dek – Sputnik. Iroq hukumati mamlakatda Rojdestvoni rasmiy bayram sifatida e’lon qildi, RIA Novosti xabariga asosan.
Rojdestvo - nasroniylar uchun yilning eng ulug‘ bayrami hisoblanadi. Sharqiy Yevropa va Rossiyada yashayotgan pravoslav nasroniylari Rojdestvo bayramini 7-yanvarda nishonlaydi. G‘arbiy Yevropa va Amerikada yashayotgan katolik hamda protestant nasroniylari esa, Rojdestvo bayramini 25-dekabrga o‘tish kechasida kutib olishadi.
“Iroq hukumati Rojdestvoni butun Iroq bo‘ylab rasmiy bayram sifatida e’lon qiladi. Bizning nasroniy fuqarolarimiz, barcha iroqliklar va bayramni qutlayotganlarga Rojdestvo bayrami qutlug‘ bo‘lsin”, - deyilgan hukumat xabarida.
Al-Arabia telekanalining ma’lum qilishicha, Iroq nasroniylari Rojdestvoni “Islom davlati” terrorchilik guruhidan ozod qilingan hududlarida ilk bor nishonlamoqda. Bugungi kunda Iroqda 300 ming nasroniylar yashab keladi.
Eslatib o‘tamiz, Rojdestvo – nasroniylarning har yili Iso alayhissalomning tavalludini xotirlab nishonlaydigan bayramidir.