Suriyadan AQSh harbiylarini olib chiqish haqida buyruq imzolandi

© Official U.S. Navy PageVoyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet
Voyennoslujashie NATO osushestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis Suriyadan Amerika harbiylarini olib chiqish haqida buyruqni imzoladi.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik.  AQSh mudofaa vaziri Jeyms Mettis Suriyadan Amerika harbiylarini olib chiqish haqida buyruqni imzoladi. Bu haqda RIA Novosti Fox News nashriga asosan xabar qildi.

SPUTNIK_Protesti v SShA protiv udarov po Sirii - Sputnik O‘zbekiston
AQShda Suriya bombardimon qilinishiga qarshi namoyishlar o‘tkazildi

Buyruq imzolanganligini harbiy idora kotibi ham tasdiqladi.

Suriyadan AQSh harbiylarini olib chiqish

O‘tgan haftada AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyada IShID ustidan g‘alaba qozonilganligi va respublikadan AQSh harbiylarini olib chiqishini ma’lum qilgandi. Prezident so‘zlariga ko‘ra, ularning yagona maqsadi - terroristlar bilan kurash bo‘lgan. 

Ko‘p o‘tmay, Jeyms Mettis Pentagon rahbari lavomini tark etishi haqida ariza berdi. U asosiy masalalar bo‘yicha prezident bilan kelishmovchiliklari bayon etilgan maktubni e’lon qildi.

Kuni kecha Tramp 2019-yildan mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Pentagon rahbari o‘rinbosari bo‘lgan Patrik Shanaxan bo‘lishini ma’lum qilgandi.  

Yangiliklar lentasi
0