TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Markaziy bank bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus stipendiya tanlovini e’lon qildi.
Tanlovda bank ishi, iqtisodiyot, banklarda buxgalteriya hisobi, makroekonomika, statistika va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
Asosiy mezonlari:
• o‘quv jarayonida yuqori reyting ko‘rsatkichiga ega bo‘lishi;
• davlat tili, rus tili va kamida bitta xorijiy tilni mukammal bilish talab qilinadi.
Hujjatlarni qabul qilish – 2019-yil 1 - 15-fevral, ko‘rib chiqish va tanlov – 16-fevral - 1-mart.
2018/2019 o‘quv yili uchun Markaziy bank stipendiyasi 1-fevraldan boshlab tayinlanadi.
Stipendiya respublika hududida o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.