Indoneziyaga dahshatli sunami yopirildi – tabiiy ofat oqibatlari videosi

Obuna bo‘lish
Indoneziya favqulodda xizmatlari ma’lumotiga ko‘ra, Zond bo‘g‘ozidagi sunami oqibatida kamida 281 kishi halok bo‘lgan, mingdan ortiq kishi jarohat olgan. Shuningdek, 50 nafardan ortiq kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Shanba kuni kechki payt Indoneziya g‘arbidagi Zond bo‘g‘ozi sohiliga kuchli sunami to‘lqinlari yopirilgan.

aljazeera xabariga ko‘ra, tabiiy ofat qurbonlari soni 281 kishigacha yetgan. Jabrlanganlar soni 1016 kishigacha oshgan. Shuningdek, 57 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.

Sunami natijasida ko‘plab uylar va bir nechta mehmonxona vayron bo‘lgan.  

Mamlakat hukumati sunamiga Anak Krakatau tog‘i vulqonining faolligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilmoqda. Vulqon qisman suv ostida joylashgani sababli uning otilishi to‘lqinlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, sunami kuchiga to‘linoy ta’sir qilishi mumkin. Chunki bunday vaqtda suvning ko‘tarilishi eng kuchli bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0