Fazliddin G‘oibnazarovning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaBokser Fazliddin Gaibnazarov
Bokser Fazliddin Gaibnazarov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fazliddin Amerika Qo‘shma Shtatlarida Dominikan Respublikasi bokschisi Rikardo Garsiyaga qarshi jang o‘tkazadi.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Riodagi Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, bugungi kunda professional ringda faoliyat olib borayotgan charm qo‘lqop ustasi Fazliddin G‘oibnazarov faoliyatidagi yettinchi jangini yanvar oyida o‘tkazadi, deb xabar qildi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, Fazliddin 18-yanvar kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarida Dominikan Respublikasi bokschisi Rikardo Garsiyaga qarshi jang o‘tkazadi.

uzbekskiy bokser Fazliddin Gaipnazarov na olimpiade v Rio - Sputnik O‘zbekiston
Fazliddin G‘oibnazarov ertaga professionaldagi to‘rtinchi jangini o‘tkazadi

Ma’lumot uchun, Fazliddin professional ringda 6 marotaba jang qilgan va ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan (3 ta nokaut). Rikardo Garsiya esa 19 marotaba jang qilib, 14 marotaba g‘alaba qozongan (9 ta nokaut). 4 ta jangda mag‘lub bo‘lgan. Bitta bahsda esa durang qayd etgan.

Eslatib o‘tmamiz, avvalroq Shohjahon Ergashev 2019-yilning 23-fevralida Nyu-Yorkda amerikalik yengilmas bokschi Maykl Foksga qarshi ringga ko‘tarilishi haqida xabar bergandik.

Yangiliklar lentasi
0