Ramzan Qodirov Rossiya prezidenti bo‘lishni xohlaydimi?

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishGlava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov
Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Vladimir Putinning har qanday buyrug‘ini 100 foizga bajarishini ma’lum qildi.

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov jurnalistlarga bergan intervyuda o‘zini Rossiya prezidenti lavozimida ko‘rmayotganini ma’lum qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Ramzan Kadirov posetil Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Checheniston prezidenti Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrlarini ziyorat qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, u hatto federal vazirlikka rahbarlik qilmaydi va o‘z karyerasini Checheniston rahbari sifatida yakunlamoqchi.

“Albatta yo‘q. Men hattoki hukumatdagi biron eng yengil vazirlikka rahbar bo‘ladigan darajadagi inson emasman. Men mintaqa (Checheniston Respublikasi - tah.) rahbari sifatida karyeramni tugatishni istayman”, - dedi Qodirov.

Qodirov Vladimir Putin o‘zini davomchisi deb aytgan inson ortidan ergashishga tayyor ekanligini aytdi.

“Putin kimni aytsa, uning ortidan boraman. Putinning so‘zi men uchun qonundan ustun. Men undan hayotim uchun qarzdorman”, - dedi u.

Checheniston rahbari Putinning har qanday buyrug‘ini 100 foizga bajarishini ma’lum qildi.

 

Yangiliklar lentasi
0