Ichimlik suvi niqobi ostida O‘zbekistonga atir olib kirishga uringan yo‘lovchi to‘xtatildi

© GTK RUzV Surxondarye tamojniki obnarujili vodu, kotoraya okazalas parfumeriyey
V Surxondarye tamojniki obnarujili vodu, kotoraya okazalas parfumeriyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surxondaryo viloyatida aniqlangan holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

TOShKENT, 23 dek – Sputnik. Surxondaryodagi “Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari ichimlik suvi niqobi ostida atir olib kirishga uringan shaxsni to‘xtatib qolindi, deb xabar qildi bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, Sariosiyo” temir yo‘l chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan yo‘lovchi poyezdida kirib kelgan fuqaro Sh.X. O‘zbekiston Respublikasiga atir olib kirishning antiqa yo‘lini o‘ylab topdi.

“Ushbu shaxs qadog‘idan ichimlik suvini anglatuvchi, 5 litr hajmdagi polietilen idishga qo‘lbola usulda qo‘yilgan suyuqlikni olib o‘tayotib, bojxonachilarga bu ichimlik suvi deb og‘zaki ma’lum qiladi. Lekin, bojxona nazorati mobaynida o‘zidan xushbo‘y hid taratgan bu “ichimlik suvi” aslida parfumeriya vositasi ekanligi aniqlandi”, - deyilgan xabarda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0