Rada Poroshenkodan Rossiyaga urush e’lon qilishni so‘ramoqda

© Sputnik / Mixail Palinchak / Mediabankka o‘tishZasedanie Verxovnoy radi Ukraini
Zasedanie Verxovnoy radi Ukraini - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ukraina Radasi prezident Petr Poroshenkoga murojaat etib, Rossiyaga qarshi urush e’lon qilishni so‘ragan

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Ukraina prezidenti Petr Poroshenkoga Rossiyaga qarshi urush e’lon qilish va u bilan barcha diplomatik aloqalarni uzish iltimosi bitilgan murojaat loyihasi ko‘rib chiqish uchun Ukraina parlamentiga kiritilgan.

Flagi Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina MDHdan chiqadimi? MDH amaldorlari izohi

Hujjat "Ukraina Oliy radasining Ukraina prezidentiga Rossiya Federatsiyasiga qarshi urush e’lon qilish, diplomatik aloqalarni va transport qatnovini to‘xtatish to‘g‘risidagi murojaat qarori loyihasi" deb nomlanadi.

Hujjat muallifi - fraksiyadan tashqari deputat Vitaliy Kuprin.

Sal oldin Ukrainada Rossiya bilan 2019-yil 1-apreldan do‘stlik va hamkorlik kelishuvini to‘xtatishi haqida qonun qabul qilingan edi.

Moskva va Kiyev munosabatlari Donbassdagi vaziyat fonida yomonlashdi. Ukraina hukumati ilgariroq bir necha marotaba Rossiyani mamlakatning ichki ishlariga aralashayotganlikda ayblagan edi. 2015-yilning yanvar oyida Oliy rada qabul qilgan bayonotda Rossiya "agressor-mamlakat", deb ataladi.

Rossiya ukraina tomonning ayblovlarini rad etmoqda va nomaqbul deb atab kelmoqda. Moskva ko‘p marotaba Ukraina ichidagi mojaro tarafdori emasligini va Kiyevning siyosiy va iqtisodiy inqirozni yengib o‘tishi tarafdori ekanligini ma’lum qilgan. Bunga qaramay, Kiyev RFga qarshi qator sanksiyalarni kiritdi.

Oliy Rada deputati Yevgeniy Murayev munosabatlarning yomonlashuviga qaramasdan Rossiya Ukrainaning asosiy strategik savdo sherigi bo‘lib qolayotganini aytmoqda; "nima deb gapirishlaridan qat’i nazar" RF bilan tovar aylanmasi bir yil ichida 25%ga oshgan.

Yangiliklar lentasi
0