Noodatiy xodim bu kafeda QR-kod yozilgan futbolka kiyib yuradi. Kafe mehmonlari ushbu QR-kodni telefonlaridagi maxsus ilova yordamida ochib, menyu bilan tanishishlari va buyurtma berishlari mumkin.
Shuningdek, mazkur kafedagi taomlar ham odamlar diqqatini o‘ziga jalb qiladi. Chunki turli shirinliklar ustida itlar aks ettirilgan.
Mehmonlar ofitsiantlarni silashi va erkalashlari mumkin. Ofitsiant-itlar bilan selfi tushishga ham ruxsat berilgan.