Yulduz to‘la osmon: Moskvaning Yangi yil arafasidagi betakror go‘zalligi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPosetiteli yarmarki na Krasnoy ploshadi.
Posetiteli yarmarki na Krasnoy ploshadi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yil – Rossiyada asosiy bayramlardan biridir. Yangi yil qadimdan nishonlanib keladi. Ayniqsa, Moskva shahrida bu bayram o‘zgacha shukuhda nishonlanadi.

Rossiyada Yangi yil an’anaviy oila bayrami hisoblanadi va dasturxonni olivye salati bilan to‘ldirib kutib olinadi. Ammo so‘nggi besh yilda Moskvada mehmonlar va shaharliklar bayramlarni ko‘chalarda kutib olishni afzal ko‘rishmoqda. Bu ajablanarli hol emas, axir shahar minglab yog‘dular sochib, chinakam afsonaviy shaharga aylanadi.

An’analar asrlar osha

Yangi yil – Rossiyada asosiy bayramlardan biridir. Yangi yil qadimdan boshlab nishonlanib keladi. To‘g‘risi, 1700-yilga qadar yangi yilning kelishini avval mart oyida nishonlanardi, XVIII asrdan esa – 1-sentabr kuni nishonlana boshladi. Birinchi rus  imperatori, Potr I, yangi solnomani joriy etdi. Natijada 7208-yil “dunyo yaralgandan kundan” 1699-yilga aylandi. Shuningdek, Potr Yangi yilni Yevropadadek 1-yanvar kuni nishonlash, archalarni yasatish, Moskvaning asosiy ko‘chalarini bezatish haqida buyruq beradi. Shunday qilib archa daraxti ikki bayram – Rojdestvo va Yangi yil ramziga aylanadi.

Shaharliklarga bayram munosibati bilan bir birlarini qutlash, mushaklar otish, quroldan o‘q otish amr etiladi. Qizil maydonda esa katta mushakbozlik tashkil qilinadi. O‘shandan boshlab xalq sayli va maskaradlar uyushtirish odat tusiga kiradi.

1917 yilda monarxiya ag‘darilgandan so‘ng Rojdestvo o‘tmish tuzumi ramzi sifatida bekor qilinadi. U bilan birga Yangi yil bayrami ham bekor qilinadi. O‘sha davrda yangi yil archasi va shaharni bezatish urfi yo‘qolib ketadi. 1935-yil Stalin davrida mamlakatga sevimli bayramni bezaklari va archasi bilan qaytarishga qaror qilinadi. 1947-yilda 1-yanvar dam olish kuni sifatida e’lon qilinadi, 1969-1970 yildan boshlab esa davlat rahbari xalqi yangi yil kirib kelishi bilan tantanali ravishda qutlab boshlaydi.

© Sputnik / Anatoliy Garanin / Mediabankka o‘tishS Novim godom! Moskva, 1939 god
Yulduz to‘la osmon: Moskvaning Yangi yil arafasidagi betakror go‘zalligi - Sputnik O‘zbekiston
S Novim godom! Moskva, 1939 god

Ittifoq yillarida Moskva ko‘chalarda dekabr oyida yasatilgan archalar, Qorbobo, Qorqizlarning ulkan qadlari paydo bo‘lardi. Shuningdek, shaharda archa bozori va yangi yil yarmarkalari tashkil qilinardi.

SSSR parchalangandan so‘ng an’ana saqlanib qoldi. Shahar avvalgidek Rojdestvo va Yangi yil bayramlarida yorqin ranglar bilan bezatiladi. Ammo so‘nggi bir necha yilda bu maxsus ssenariya bo‘yicha amalga oshiriladi.

© Sputnik / L. Nosov / Mediabankka o‘tishNovogodnyaya yelka na ploshadi 50-letiya Oktabrya (nine Manejnaya ploshad).
Yulduz to‘la osmon: Moskvaning Yangi yil arafasidagi betakror go‘zalligi - Sputnik O‘zbekiston
Novogodnyaya yelka na ploshadi 50-letiya Oktabrya (nine Manejnaya ploshad).

2012 yildan boshlab Moskvada xalqaro standartlarga binoan shaharliklar va turistlar uchun qulay jamoat joylarini tashkil qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yangi yo‘lovchi ko‘chalar qurilib, ularda zamonaviy do‘kon va kafelar barpo qilinmoqda. So‘ngi vaqtlarda chet ellik mehmonlar Moskva o‘zgargani va qulayroq bo‘lgani haqida fikr bildirishmoqda.

Shuningdek, mana yetti yildirki tegishli loyihaga binoan poytaxtda bino, ko‘prik, haykallarning chiroyli arxitektura nur sochishi hisobiga ajoyib yorug‘lik maydonlari yuzaga kelmoqda.

Dizayn katta shaharda

2012 yilda Moskva shahrida yangi yo‘lovchi ko‘chalar – Kamergerskiy va Stoleshnikov tor ko‘chalari, Kuzneskiy Most va Rojdestvenka paydo bo‘ldi. Shaharni bezatish yagona konsepsiyasi sal kechroq – 2013-2014 yil Yangi yillarida paydo bo‘ldi.

O‘sha payt shahar departamenti madaniyati buyurtmasiga binoan shaharning bayramona qiyofasini yaratish maqsadida mashhur rus dizeyneri Artemiy Lebedev studiyasi jalb qilinadi. Mazkur studiya yangi yil logotipi, pattern, vinyetki, hoshiya va piktogrammalarni ishlab chiqaradi. “Qishning eng yaxshi shahri” iborasi bayram bezagining shiori bo‘lgan.

 

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishNovogodnie meropriyatiya v ramkax festivalya "Luchshiy gorod zimi"
Yulduz to‘la osmon: Moskvaning Yangi yil arafasidagi betakror go‘zalligi - Sputnik O‘zbekiston
Novogodnie meropriyatiya v ramkax festivalya "Luchshiy gorod zimi"

Yangi yo‘lovchi maydonlar hamda sayilgoh va xiyobonlar ajoyib manzarali va nurli figuralar bilan bezatilgandi. Moskvada jami taxminan 12 mingta kam energiya sarflovchi nurli bayramona obyektlar o‘rnatilgandi. Ko‘chalarda “Yulduzli osmon” va nurli daraxtlar yorug‘lik konstruksiyalari paydo bo‘ldi.

O‘sha vaqt “Moskva mavsumlari” siklidan birinchi “Rojdestvoga sayohat” festivali o‘tkazilgan.

Rang-barang yog‘dular

Keyingi Yangi yil 2014-2015 yillarda shaharni bezatish uchun “Rang-barang yog‘dular” nomli konsepsiya ishlab chiqildi. Yo‘lovchi ko‘chalarda o‘tkinchilarning boshlari uzra o‘zgacha yorug‘lik nur sochib turardi.

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka o‘tishNovogodnie instalyatsii v Moskve
Yulduz to‘la osmon: Moskvaning Yangi yil arafasidagi betakror go‘zalligi - Sputnik O‘zbekiston
Novogodnie instalyatsii v Moskve

Shaharda minglab yangi yil archalari joylashtirib chiqildi. Ular orasida an’anaviy va zamonaviy elementlar bilan yordamida bezatilgan o‘ziga xos daraxtlar bor edi.

Poytaxtdagi eng muhim maydonlar – Smolenskaya, Zubovskaya, Paveleskaya, Serpuxovskaya, Taganskaya va boshqalar – uzunligi bir xil bo‘lgan archalar bilan yasatilgandi, biroq har biri o‘ziga xos dizaynga ega edi. Qizig‘i shundaki, o‘sha payt moskvaliklarning o‘zi “Faol fuqaro” shahar portalida bezak konsepsiyasini tanlashgan edi.

© Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishNovogodnie installyatsii na Teatralnoy ploshadi v Moskve.
Yulduz to‘la osmon: Moskvaning Yangi yil arafasidagi betakror go‘zalligi - Sputnik O‘zbekiston
Novogodnie installyatsii na Teatralnoy ploshadi v Moskve.

Moskvada Yangi yil va Rojdestvo uchun an’anaviy bo‘lgan bezatishlar 2015-yilda Rossiyada e’lon qilingan “Rus adabiyoti yili”ga bag‘ishlangan timsollar bilan to‘ldirilgan.

Pochta markasi

2015 va 2016-yillar orasida poytaxt yangi yil eng asosiy timsoli pochta markasi bo‘ldi. Gap shundaki, Yangi yil va Rojdestvo – tabriklar va yaxshi tilaklar vaqti, bu bilan pochta otkritkasi va markasi bog‘liq.

Shuningdek, maydonlarda, yangi jamoat hududlarda va yo‘lovchilar o‘tadigan ko‘chalarda katta dekorativ konstruksiyalar paydo bo‘ldi, katta archa o‘yinchoqlari, gullar ko‘rinishidagi chiroqlar paydo bo‘ldi.

Bu elementlarni barchasi pochta markasi  - “Yangi yil kayfiyati” mavzusi birlashtirdi.

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishNovogodnee oformlenie GUMa
Yulduz to‘la osmon: Moskvaning Yangi yil arafasidagi betakror go‘zalligi - Sputnik O‘zbekiston
Novogodnee oformlenie GUMa

Shu uslubda mamlakatning asosiy magazinlari bezatilgandi, shu jumladan, Qizil maydonida joylashgan GUM.

Italiya bilan do‘stlik

2017 yilni qarshi olishda Moskva Italiya uslubida bezatilgandi. O‘sha vaqtda Italiya bezaklarida bezatilgan, shuningdek, shaharlardagi chiroq konstruksiyalar o‘rnatilgan.  

Hukumatlar o‘zlarining tanlovini Rossiya va Italiyaning madaniyati tarixiy jihatdan o‘xshashligi bilan tushuntirishdi.

Poytaxtni bayramona yasatishda katta to‘plar, arkalar va chiroqli fontanlar muhim rol o‘ynadi.

© Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishOtkritie moskovskogo festivalya "Puteshestvie v Rojdestvo"
Yulduz to‘la osmon: Moskvaning Yangi yil arafasidagi betakror go‘zalligi - Sputnik O‘zbekiston
Otkritie moskovskogo festivalya "Puteshestvie v Rojdestvo"

“Rojdestvoga sayohat” festivali doirasida yangi yil illyuminatsiyasi juda yorqin va esda qoladigan bo‘lib chiqqandi. Hatto moskvaliklar o‘zlari shaharning yangi yil chiroyiga xursandchilik bilan qarshi olib, bu hashamatli dekoratsiyalar fonida suratga tushishdi.

Butun hayotimiz – teatr

2017-2018  yangi yil bayramiga teatr mavzusi tanlandi. Shuning uchun ko‘chalarda teatr sahnalari, maskalardagi figuralar paydo bo‘ldi. Shahar go‘yoki ochiq havodagi yorqin teatrga aylaydi.  

31 dekabrdan 3-yanvarga qadar “Rojdestvoga sayyohat” festivali doirasida “Tverskaya”, “Moxovaya” va “Oxotniy Rad” ko‘chalari yopilgandi.

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPrednovogodnyaya Moskva
Yulduz to‘la osmon: Moskvaning Yangi yil arafasidagi betakror go‘zalligi - Sputnik O‘zbekiston
Prednovogodnyaya Moskva

Festival doirasida turli chiqish va spektakllar namoyish qilishgandi.

Mehmonlar ko‘chalarda taomlari iste’mol qilishlari, instalyatsiya fonida qo‘shiqlar kuylab, rasmga tushish imkoniga ega bo‘lishdi.

Universal zaxira

Har yili yangi yil zargarlik bezaklari yaratilmaydi, ularning katta qismi bir necha bor ishlatiladi.

“Shahar katta dekorativ elementlarning zaxirasi ta’minlangan, bular shaharni kam xarajatlar bilan shaharni bezatishni imkonini beradi”, - deb tushuntirishdi Moskva Birlashtirilgan energetik kompaniyasida.  

Yirik obyektlarda ko‘p marta chiroq arkalari o‘rnatilgan. Ularni “Tverskaya” va “Pushkin” maydonlarida, shuningdek “Revolyutsiya maydoni”, “Kamergerskiy pereulok” va “Gazetniy pereulok” va “Novopushkinskiy skver”da ko‘rish mumkin.

Ayniqsa, poytaxt mehmonlariga “Bolshaya Dmitrovka” va “Nikolskaya” ko‘chalarida “Yulduzli osmon” konstruksiyalari juda ma’qul bo‘ldi.

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy festival "Rojdestvenskiy svet" v Moskve
Yulduz to‘la osmon: Moskvaning Yangi yil arafasidagi betakror go‘zalligi - Sputnik O‘zbekiston
Mejdunarodniy festival "Rojdestvenskiy svet" v Moskve

“Umuman olganda, katta  konstruksiyalar ko‘pi yangitdan o‘rnatilishi mumkin yoki katta bo‘lmagan o‘zgarishlar hisobiga yangi noyob ko‘rinish olishlari mumkin”, -  deb qo‘shimcha qildi.

Yarmarkalar va eng yirik yaxmalak

Moskvada yangi yil va rojdestvo bayramlarida turli yarmarkalar o‘tkaziladi.  Manej va Qizil maydonlarda an’anaviy tarzda yarmarkalar tashkil qilinadi.

Bu yarmarkalarda savdo pavilonlardan tashqari ko‘plab qiziqarli karusellar bor. Shuningdek, Qizil maydonda muz katoki o‘rnatiladi.    

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishOtkritie GUM-Katka na Krasnoy ploshadi
Yulduz to‘la osmon: Moskvaning Yangi yil arafasidagi betakror go‘zalligi - Sputnik O‘zbekiston
Otkritie GUM-Katka na Krasnoy ploshadi

Obodonlashtirilgan yo‘lovchi ko‘chalarda bayram savdo joylari o‘tkaziladi, masalan, Kuzneskiy most ko‘chasida singari.

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishVidi Moskvi
Yulduz to‘la osmon: Moskvaning Yangi yil arafasidagi betakror go‘zalligi - Sputnik O‘zbekiston
Vidi Moskvi

Shahar xiyobonlarida, xususan, VDNX va “Sokolniki”, “Park Gorkogo” xiyobonlarida nafaqat Moskvada, balki Yevropada eng katta bo‘lgan yaxmalaklar quyiladi.  

Shahardagi o‘zgarishlar Moskvaga turistlar oqimini ko‘paytirdi.

Sayyohlar so‘zlariga ko‘ra, Rossiya poytaxti o‘zgardi va juda qulay bo‘ldi. Endi xorijiy fuqarolar yangi yil bayramlarini nishonlash uchun Yevropa shaharlari bilan bir qatorda Moskvani tanlashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0