Putinning katta matbuot-anjumanidan reportaj

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishYejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina
Yejegodnaya bolshaya press-konferensiya prezidenta RF V. Putina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yil Putinning matbuot-anjumani 3 soatu 40 daqiqa davom etgan, davlat rahbari bu vaqt oralig‘ida 54 nafar jurnalist tomonidan berilgan 73ta savolga javob bergan

TOShKENT, 20 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning an’anaviy matbuot-anjumani davom etmoqda.

Vladimir Putin ilk bor bu formatda jurnalistlar bilan 2001-yilda uchrashgan. O‘sha vaqtdan buyon katta anjumanlar amaliyoti an’anaviy tarzda har yili o‘tkazib kelinadi, ularning umumiy davomiyligi esa ikki sutkaga yaqinlashmoqda.

Ucheniya ODKB v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
ODKB-2019 o‘quv mashg‘ulotlari Markaziy Osiyo xavfsizligini ta’minlashga qaratiladi - Putin

Eng uzoq davom etgan va o‘ziga xos rekord o‘rnatgan anjuman - 2008-yildagi tadbir bo‘ldi. Prezident 4 soatu 40 daqiqa davomida 106ta savolga javob berdi.

O‘tgan yil Putinning matbuot-anjumani 3 soatu 40 daqiqa davom etgan, davlat rahbari bu vaqt oralig‘ida 54 nafar jurnalist tomonidan berilgan 73ta savolga javob bergan.

Iqtisodiy ko‘rsatkichlar

An’anaga muvofiq matbuot-anjumani iqtisodiy ko‘rsatkichlardan boshlandi. "YaIM 1,7 %ga o‘sdi. Aholi real daromadida ham o‘sish kuzatildi - 0,5 foiz", - deya yil yakunlarini e’lon qildi Putin.

Rossiya rahbari oylik maoshlari darajasi o‘sayotganini qayd etdi. Inflyatsiya darajasi maqbul holatda, ishsizlik darajasi pasaygan, oltin-valyuta zaxiralari o‘smoqda, deb davom etdi Putin.

Putin shuningdek, hayot davomiyligi uzayganiga e’tibor qaratdi: 2018-yilda 2017-yilgi 72,7dan 72,9ga o‘sdi.

Kerch bo‘g‘ozidagi hodisaga munosabat

Qora dengizdagi hodisa - provokatsiya edi, deb qayd etdi Rossiya yetakchisi.

"Provokatsiya hamisha yomon baholangan, ular holatni ziddiylashtirishga mo‘ljallangan, lekin bir hisobdan hammasi tushunarli, ularda saylovlar bo‘lishi kutilmoqda, amaldagi hukumat shu orqali o‘z reytingini ko‘tarishga harakat qiladi. Lekin bu ish xalq manfaatlariga zid. Petr Alekseyevichning ham reytingi o‘sdi: beshinchi pog‘onadan ikkinchiga ko‘tarildi. U o‘z masalasini mamlakat manfaatlari hisobiga amalga oshirdi", - deb qo‘shimcha qildi Putin.

Yuriy Shvitkin - Sputnik O‘zbekiston
Kerch bo‘g‘ozidagi holat AQSh tomonidan sahnalashtirilgan - Shvitkin

Rossiya yetakchisiga ko‘ra, ukrainalik harbiy xizmatchilarni Rossiya chegarasiga ular halok bo‘ladi, degan maqsad bilan yuborishgan.

"Xudoga shukrki, bunday bo‘lmadi", - dedi Putin. U shuningdek, ukrainalik dengizchilarni almashish masalasi Kerchdagi hodisa yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish yakunlangach hal etilishi ehtimolini bildirdi.

Putin Ukraina va Rossiya o‘rtasida savdo hamkorligi ko‘rsatkichi davom etayotganini, xususan, joriy yilda ko‘rsatkichlar darajasi ortganini alohida qayd etdi. <...> "Lekin Kiyev hukumatida rusofoblar bor ekan, nonormal holat davom etaveradi", - dedi Putin.

Tramp bilan uchrashadimi?

Putinga Tramp bilan yaqin kelajakda uchrashasizmi, degan savol berildi.

Putin amerikalik hamkasbi bilan uchrashadimi-yo‘qmi, bilmasligini aytdi.

"Men ko‘p marotaba aytganman, biz bunga tayyormiz deb", - dedi u.

Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, uning Tramp bilan muhokama qiladigan mavzulari ko‘p.

Matbuot-anjumanining uchinchi soatida jurnalistlar o‘rinlaridan turib, qichqirishni boshlashdi. Putin matbuot-anjumanini sanksiyalanmagan mitingga aylantirmaslikka chaqirdi.

2018-yilning eng muhim voqealari va dollarga qarshi kurash

Putinning fikricha, yilning eng muhim voqealari bu prezident saylovlari va futbol bo‘yicha Jahon Chempionati bo‘lgan.

Prezident Tursii Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on: Xalqaro savdoning eng katta muammosi - dollar

Jurnalistlardan biri Putinga dollar haqida savol berdi. "Buning qanday ijobiy va salbiy tomonlari bor? Yangi valyuta bo‘ladimi", - deb savolga tutdi jurnalist.

Rossiya dollardan voz kechmaydi, deb ishontirdi Putin. U shuningdek, Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda dollar bilan bo‘ladigan hisob-kitob hajmi pasayganini eslatib o‘tdi.

Dollarlashuvga qarshi kurash rossiyaliklarga ta’sir etmaydi, valyuta ayriboshlash shoxobchalarida narx ko‘rsatkichlari qora bozorga qarshi kurash maqsadida olib tashlanmoqda, deb izoh berdi Putin.

Dunyoni boshqarishga urinayotganlar qayerda joylashgan?

Rossiya prezidenti matbuot-anjumani davomida "Siz dunyoni boshqarishni xohlarsiz balki", degan savolga javoban kulib "Bo‘lmasam-chi" dedida so‘ngra jiddiy ohangda dunyoni boshqarishga harakat qilayotgan shtab qayerda joylashganiga iddao qildi.

"Dunyo boshqaruviga kelsak: biz buni amalga oshirishga harakat qilayotgan shtab qayerda joylashganini bilamiz. Va u Moskvada emas. Bu Qo‘shma Shtatlarning jahon iqtisodiyotidagi yetakchi roli, mudofaaga sarflayotgan harajatlari - 700 milliard dollar bilan bog‘liq", - deb aytdi Putin.

Rossiya yetakchisi Moskva o‘z mudofaasi uchun atigi 46 milliard dollar sarflashiga e’tibor qaratdi.

Prezident SShA Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Pokistondan Afg‘oniston va “Tolibon” masalasi bo‘yicha yordam so‘radi

"Rossiyada 146 million aholi, NATO mamlakatlarida esa - 600 million, va siz bizning maqsadimiz dunyoni boshqarish, deb hisoblaysizmi", - deya qo‘shimcha qildi prezident tegishli savolga javob berar ekan.

Afg‘onistondagi vaziyatni qanday baholaydi?

Afg‘onistodagi holat yaxshi, degan ta’kidlar haqiqiylikdan yiroq, deb bayonot qildi RF prezidenti.

"Agar ular (g‘arblik sheriklar - tahr.) u yerda (Afg‘onistonda - tahr.) hammasi yaxshiligini dalillamoqchi bo‘lsalar, mening fikrimcha, bu haqiqatdan yiroq", - dedi Putin.

Putin Qobuldagi hukumat mamlakat hududining uchdan bir qismidan ko‘pini nazorat qilishiga gumon qilishini bildirdi. "Saylovlar natijalarini oylar davomida hisoblashadi. Axir bu normal holatmi? Bu yerda nimani ma’qullash mumkin?", - deb ta’kidladi Rossiya prezidenti.

Yangiliklar lentasi
0