O‘zbekistonda “Obod uy” elektron tizimi joriy etiladi

Obuna bo‘lish
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyasini rivojlantirish vazirligi tomonidan ajratilgan mablag‘ asosida “Obod uy” axborot tizimi yaratildi.

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

V maxalle Ibroxim ota Almazarskogo rayona Tashkenta vruchili klyuchi ot kvartir - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kelgusi yilda 15 mingdan ortiq arzon uy-joylar quriladi

Qaror loyihasiga ko‘ra, “Yagona xisob kitob markazi” Davlat unitar korxonalari tomonidan xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari va professional boshqaruv tashkilotlariga xisob-kitob xizmatlarini ko‘rsatish uchun “Obod uy” elektron axborot tizimini joriy etiladi.

“Obod uy” elektron axborot tizimiga respublikaning barcha shaxar va tumanlari hududdagi xar bir hususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari va professional boshqaruv tashkilotlari kesimida barcha ko‘p kvartirali uylardagi xonadonlarni ulash choralari ko‘riladi.

Qaror loyihasiga ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ilova qilingan.

“Yo‘l xaritasi”da qayd etilishicha, 2019-yil 25-martgacha “Obod uy” elektron axborot tizimining mobil ilovasini yaratiladi.

Yangiliklar lentasi
0