Kamilov Qirg‘izistonning yangi elchisini qabul qildi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMinistr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannix del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning ko‘p qirraliligi va jadal rivojlanayotganligi, bunda markaziy o‘rinni oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar egallayotgani mamnuniyat bilan e’tirof etildi.

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. 2018-yil 20-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ibragim Djunusovni qabul qildi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Premyer Uzbekistana Abdulla Aripov posetil shkolu v Kirgizstane - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripovning Qirg‘izistonga tashrifi qanday o‘tmoqda

“Ishonch yorliqlari nushasini topshirishga bag‘ishlangan qisqa marosimdan so‘ng O‘zbekiston – Qirg‘isizton kun tartibining muhim masalalari bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi”, - deyilgan xabarda.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning ko‘p qirraliligi va jadal rivojlanayotganligi, bunda markaziy o‘rinni oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar egallayotgani mamnuniyat bilan e’tirof etildi.

Ta’kidlanganidek, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish va o‘zaro foydaga asoslanuvchi savdo-iqtisodiy, investitsion va mintaqalararo aloqalar davlatlararo muloqotda muhim o‘rin tutadi.

18 dekabr kuni O‘sh shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonning chegaradosh viloyatlari rahbarlari bilan Qirg‘iziston Hukumatining chegaradosh viloyatlardagi muxtor vakillari kengashi ikkinchi yig‘ilishining muvaffaqiyatli yakunlari hamda erishilgan aniq kelishuvlar tomonlarda hamkorlikni kengaytirish uchun sezilarli salohiyat mavjudligidan guvohlik beradi.

TIVdagi uchrashuvda ba’zi xalqaro va mintaqaviy masalalar bo‘yicha ham fikr almashildi.

Yangiliklar lentasi
0