Erkaklarning maoshlari qancha bo‘lishi kerak – ayollar javobi

Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda turli yoshdagi ayollar oila boshliqlari qancha daromad olishlari zarurligi haqida o‘z fikrlarini aytishdi.

Sputnik Qirg‘iziston so‘rov o‘tkazgan ayollar fikriga ko‘ra, erkaklarning maoshlari ularning maoshlariga qaraganda ko‘proq bo‘lishi kerak.  

"Erkaklarning yelkalarida juda katta mas’uliyat bor, shuning uchun ular ayollarga qaraganda ko‘proq pul topishlari zarur", - degan fikrni bildirishdi bishkeklik ayollari.

Shu o‘rinda yosh ayollar va yoshi katta bo‘lgan ayollarning talablari har xil ekanligi ma’lum bo‘ldi.

25 yoshgacha bo‘lgan ayollar fikriga qaraganda, erkaklar maoshi ming dollardan kam bo‘lmasligi kerak.

So‘rovda qatnashgan boshqa ayollar esa oyliklar 10-30 ming qirg‘iz somi atrofida bo‘lganda shunga xursand bo‘lishini tan olishdi.

Yangiliklar lentasi
0