Ekspert: "AQSh ID ustidan g‘alaba qozongani haqidagi bayonot" bu tarixni qayta yozish

© AFP 2023 / TAUSEEF MUSTAFADemonstranti s flagom IG. Arxivnoe foto
Demonstranti s flagom IG. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Trampning so‘zlariga ko‘ra, "Islom davlati" terroristik uyushmasi ustidan g‘alaba to‘liq qozonilgan

TOShKENT, 20 dek - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp "ID ustidan qozonilgan tarixiy g‘alabadan so‘ng" Suriyadan qo‘shinlarning olib chiqilishi haqida e’lon qildi.

Ofitsialniy vizit prezidenta RF V. Putina v Argentinu - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: biz Suriyada "ID" ustidan g‘alaba qozondik

Ekspert Vladimir Olenchenko Sputnik radiosi efirida terrorchilar Suriyada kim tufayli va qachon yutqazishni boshlaganliklarini eslatib o‘tdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiy xizmatchilarni "butun jahon qahramonlari" deb atadi va qo‘shinlar Suriyadan chiqib ketishini e’lon qildi

Trampning so‘zlariga ko‘ra, "Islom davlati" terroristik uyushmasi ustidan g‘alaba to‘liq qozonilgan.

"Biz ularni kaltakladik, ayovsiz kaltakladik, hududni qaytarib oldik, va endi bizning qo‘shinlarimiz uyga qaytishi vaqti keldi", - degan Tramp Twitterda joylashtirilgan videomurojaatida.

Kuni kecha Oq uy AQSh Suriyadan o‘z qo‘shinlarini chiqarishni boshlaganini, lekin "Islom davlati" ustidan qozonilgan g‘alaba mavjud koalitsiyaga endi barham berilishini anglatmasliginie’lon qildi.

Reuters agentligi o‘z manbalariga tayangan holda AQSh davlat departamentining barcha xodimlarini Suriyadan sutka davomida evakuatsiya qilishlarini, qurolli kuchlar esa 2-3 oy ichida olib chiqib ketilishini e’lon qildi.

Rossiya Fanlar Akademiyasi yevropa tadqiqotlar markazi ilmiy xodimi Vladimir Olenchenko Sputnik radiosi efirida amerikalik mansabdorlarning "ID" ustidan qozonilgan g‘alabasi haqidagi bayonotiga izoh berdi:

ID Afg‘oniston shimolida Rossiyaga qarshi targ‘ibot olib bormoqda

"Qo‘shma Shtatlarning ID ustidan qozonilgan g‘alabasi haqidagi bayonotlarida amerikaliklarning go‘yoki faqat ularning sayi-harakati tufayli Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozonilganiga juda o‘xshash parallelni ko‘rapman. Bu yana o‘ziga xos tarixni qayta yozish demakdir. Eslatib o‘taman, amerika qo‘shinlari IDga qarshi operatsiyani Suriyada 2014-yilda boshlashgan, xususan, bu ishga ular o‘z ittifoqdoshlarini jalb qilishgan edi. Ammo 2015-yilgacha, Suriyaga Rossiya qo‘shinlari yuborilgunga qadar, amerika koalitsiyasining sezilarli muvaffaqiyatlari bo‘lmagan shu bilan birga ID muntazam ravishda o‘z ta’sir doirasini kengaytirib borgan. Rossiya kirib kelgach esa, ID ustidan g‘alaba qozonish ham boshlandi shu bilan birga Suriyada siyosiy jarayonning tartibga solinishi jarayoni boshlandi. Men shuni qo‘rqmay aytishim mumkinki, Rossiya ishtirokisiz shu vaqtgacha na Suriyada na boshqa joyda ID ustidan g‘alaba qozonilmas edi", - dedi Vladimir Olenchenko.

Yangiliklar lentasi
0