Tverda terrorni targ‘ib qilgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishPrestupnik za reshetkoy
Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chet el fuqarosi odamlarga terrorni oqlovchi roliklarni ko‘rsatish bilan shug‘ullangan

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. Rossiyaning Tver shahrida terroristik xarakterdagi materiallar namoyishi uchun o‘zbekistonlik fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar qiladi Zavoljye tuman sudi matbuot-xizmati.

Aniqlik kiritilishicha, 1985-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi yil davomida terrorizmni oqlovchi xususiyat kasb etgan foto va videomateriallarni tarqatish bilan shug‘ullangan.

Ayni vaqtda migrant qamoqqa olingan.

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Toshkent shahrida Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etish uchun terroristlar safiga fuqarolarni jalb etish va yollash bilan shug‘ullangan ikki nafar o‘zbekistonlik hibsga olingan edi.

Yangiliklar lentasi
0