Toshkent shahar IIBB bozorda o‘z bolasini tashlab ketgan onani topdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishRoditeli s rebenkom
Roditeli s rebenkom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol bolalar ovqatini xarid qilish davomida notanish kishidan bolasiga qarab turishni iltimos qilgan.

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Yashnobod tumanidagi bozorda chaqaloqni tashlab ketgan ona topildi, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Tabletki tramadola - Sputnik O‘zbekiston
“Tramadol”ga “o‘tirib” qolganlar: Toshkentda jinoiy guruh qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, 18-dekabr kuni taxminan soat 20.30 da 102 raqamiga 28 yoshli Igor B. murojaat qildi. Ayol bolalar ovqatini xarid qilish davomida notanish kishidan bolasiga qarab turishni iltimos qilgan.

Oradan uch soat o‘tgach ham ayol kishi qaytib kelmaganidan so‘ng, Igor 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qildi.

Biroq, tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ma’lum bo‘lishicha, Igorga bolani uning tanishi Nadejda I. qoldirib ketgan. Chaqaloqning onasi topildi.

Yangiliklar lentasi
0