Samarqandda ertadan Yangi yil tomoshalari boshlanadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNovogodnee ukrashenie
Novogodnee ukrashenie - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bayram munosabati bilan bugun Samarqand shahrida bayram yarmarkalari ish boshladi. Xususan, Ko‘ksaroy maydonining viloyat musiqali drama teatri oldidagi savdo pavilonlarida Yangi yil bayrami sovg‘alari savdosi yo‘lga qo‘yildi

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. Samarqand viloyatida 20-dekabrdan Yangi yil tomoshalari boshlanadi, deb xabar berdi hokimlik matbuot-xizmati.

Prazdnovanie Novogo goda - Sputnik O‘zbekiston
Yangi yil kechasida nimalardan ehtiyot bo‘lish kerak

2019-yilni ko‘tarinki ruhda kutib olish maqsadida viloyat hokimligi madaniyat boshqarmasi, viloyatdagi mavjud teatrlar jamoalari bilan hamkorlikda madaniy-ko‘ngil­ochar tadbirlar ishlab chiqdi.

Unga ko‘ra, asosiy bayram tomoshalari Samarqand shahridagi viloyat musiqali drama teatri va Temiryo‘l vokzali oldidagi maydonda hamda Sartepa maskani, Kim­yogarlar, So‘lim va Farhod shaharchalarida bo‘lib o‘tadi.

Shuningdek, vi­loyatdagi barcha tuman va shaharlar markazi bayram tadbirlarini o‘tkazish uchun shay holga keltirildi.

Bayram munosabati bilan bugun Samarqand shahrida bayram yarmarkalari ish boshladi. Xususan, Ko‘ksaroy maydonining viloyat musiqali drama teatri oldidagi savdo pavilonlarida Yangi yil bayrami sovg‘alari savdosi yo‘lga qo‘yildi.

Bayramning asosiy archasi ham teatr oldidagi maydonga o‘rnatildi. Uning bo‘yi 26 metrni tashkil etadi. Archa yonidagi sahnada 20-dekabrdan 2019-yil 10-yanvargacha bayram tomoshalari, ko‘rgazma va konsert dasturlari namoyish etiladi. Korxona va tashkilotlar o‘rtasida "Eng chiroyli bezatilgan archa", "Eng chiroyli bino" hamda "Eng namunali ko‘cha" nominatsiyalari bo‘yicha tanlov o‘tkaziladi va g‘oliblar aniqlanadi. 

Yangiliklar lentasi
0