Rossiya prezidenti sovg‘a qilgan soat O‘zbekistonda sotuvga qo‘yildi

© Servis obyavleniy OLXChasi ot prezidenta Rossii
Chasi ot prezidenta Rossii  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan birga topshiriladigan mukofot soati xususiy e’lonlar xizmat saytida sotuvga qo‘yildi. Soatni 300 dollarga sotib olish mumkin.

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan taqdim etilgan soat O‘zbekistondagi xususiy e’lonlar xizmati saytlaridan birida sotuvga qo‘yildi.

OLX e’lonlar saytida aytilishicha, soat Rossiya prezidentining dasxati bilan Samarqandda turibdi.

Vladimir Putin “Polot” zavodida maxsus buyurtma bo‘yicha ishlab chiqarilgan shunga o‘xshash soatni "Vatan oldidagi xizmatlari uchun ordeni" bilan birga topshiradi.

Putin Alisher Usmonov va uning rafiqasini orden bilan taqdirladi˃˃˃

E’lon muallifi 16 tartib raqamli mukofot soati uchun 300 dollar so‘ragan.

Soat korpusi 585 probali oltinda ishlangan, qalpoqchasi yoqut bilan bezatilgan. Siferblatda Rossiya oltin gerbi va prezident bosma imzosi sof sadafda suritilgan. Orqa qopqog‘ida “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” va tartib raqami yozuvi o‘yilgan.

Sputnik tahririyati e’lon bergan shaxs bilan bog‘landi. Undan shunchaki ushbu soatni sotuvga qo‘yishini iltimos qilishganini aytdi. Qanday qilib qimmatbaho soat O‘zbekistonda paydo bo‘ldi va uning egani kim, degan savollar javobsiz qoldi.

Yangiliklar lentasi
0