GM Uzbekistan avtomobillari uchun 3 foizlik avans to‘lovi bekor qilindi

© Press-slujba GM UzbekistanAvtosalon GM Uzbekistan
Avtosalon GM Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yuz foiz to‘lovni amalga oshirgan xaridor birinchilardan bo‘lib avtomobilni oladi.

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Uzavtosavdo onlayn tizimi orqali GM Uzbekistan avtomobillari uchun 3% miqdoridagi majburiy bo‘nak to‘lovini bekor qiladi.

Na stende marki avtomobiley klassa premium Lexus - Sputnik O‘zbekiston
Xorij avtomobillaridan bojxona to‘lovlarini undirish tartibi yuzasidan izoh berildi

“Xaridorlarning talab va istaklarini inobatga olib, shuningdek “GM Uzbekistan” avtomobillarini “Uzavtosavdo” onlayn tizimi orqali xarid qilishda adolat va shaffoflik yaratish maqsadida avtomobillarni bron qilish va 3 foiz miqdorida majburiy oldindan to‘lovni amalga oshirish shartlari bekor qilinayotganini ma’lum qilamiz”, - deyilgan kompaniya xabarida.

Ta’kidlash joizki, hozirda avtomobillarni yetkazib berish muddatini 45 kungacha qisqartirishga erishildi.

Ammo xaridorlarning fikrlari o‘rganilganda avtomobillarni bron qilinishi va 3 foiz miqdorda avans to‘lovi amalga oshirilishi avtomobillarni o‘z vaqtida yetkazib berishga to‘siq bo‘layotganligi aniqlandi.

Endi “GM Uzbekistan” avtomobillarini “Uzavtosavdo” onlayn tizimi orqali xarid qilish avtomobilning 85 foiz yoki 100 foiz miqdoridagi to‘lovni amalga oshirganda, navbat esa to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shakllanishi belgilandi. Shunday qilib 100 foiz to‘lovni birinchi amalga oshirgan xaridor birinchilardan bo‘lib avtomobilni oladi.

Yangiliklar lentasi
0