Davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi sanasi e’lon qilindi

© SputnikKupuri nominalom patdesat tisach sumov
Kupuri nominalom patdesat tisach sumov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qimmatli qog‘ozlar bir million so‘mlik nominal qiymatida 6 oylik, 1-yillik hamda 3-yillik muddatlar uchun muomalaga chiqariladi.

TOShKENT, 19 dek - Sputnik. 2018 yilning 26 – 28-dekabr kunlari Moliya vazirligi Markaziy bank bilan birgalikda davlat qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotini qayta yo‘lga qo‘yadi, deb xabar berdi Markaziy bank matbuot-xizmati.

Schetchik gosudarstvennogo dolga SShA. 2012 god - Sputnik O‘zbekiston
Joriy yildan davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi yo‘lga qo‘yiladi - MB

Qimmatli qog‘ozlar bir million so‘mlik nominal qiymatida 6 oylik, 1-yillik hamda 3-yillik muddatlar uchun muomalaga chiqariladi.

Xabarda aytilishicha, davlat qimmat qog‘ozlari O‘zbekiston Hukumati tasarrufida bo‘lgan barcha aktivlar bilan ta’minlangan va O‘zbekiston rezidentlari bo‘lgan tijorat banklari va yuridik shaxslar o‘rtasida joylashtiriladi.

DQQlar bo‘yicha foiz to‘lovlari Moliya vazirligi tomonidan, muomalaga chiqarish shartlariga muvofiq, ularning to‘liq amal qilish muddatlari davomida amalga oshiriladi.

DQQ bo‘yicha foizli daromadlar daromad solig‘idan ozod etilgan.

DQQlar so‘ndirilayotgan vaqtida ularning nominal qiymatini hamda mazkur qimmatli qog‘ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida hisoblangan foizli daromadlarini olish huquqini beradi.

Muddati bir yilgacha bo‘lgan DQQlar nol kupon stavkasi, ya’ni diskont bilan hamda muddati bir yildan yuqori bo‘lgan DQQlar uchun kupon foiz stavkasi bilan muomalaga chiqariladi (DQQlarning daromadliligini hisoblash usuli O‘zRVBning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi).  Bunda, DQQlarning daromadliligi talab va taklif asosida shakllangan moliya bozori konyunkturasidan kelib chiqib aniqlanadi.

Bankovskie karti mejdunarodnix platejnix sistem VISA i MasterCard - Sputnik O‘zbekiston
MB o‘zbekistonliklarning soliq bo‘yicha qarzlarini plastikdan undirishga qarshi chiqdi

DQQlarning birlamchi joylashtirish Moliya vazirligi topshirig‘i bilan Markaziy bank tomonidan auksion o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi a’zosi va moliyaviy vositachilik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega tijorat banklari yoki boshqa yuridik shaxslar DQQ bilan bitimlar tuzishda diler bo‘lishlari mumkin.

Auksion o‘tkazish, qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish parametrlari va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaziy bank tomonidan auksion o‘tkazishdan kamida 7 kun oldin ma’lum qilinadi.

DQQ savdo yakunlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar Markaziy bank va O‘zbekiston valyuta birjasining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0