O‘zbekiston Qrim harbiylashuvi haqidagi BMT rezolyutsiyasini qo‘llab-quvvatlamadi

Obuna bo‘lish
BMT BA yig‘ilishiga Qrimning harbiylashuvi hamda Qora va Azov dengizlari hududlari to‘g‘risidagi rezolyutsiyani Ukraina va 40 ta davlat delegatsiyasi bilan hammualliflikda ko‘rib chiqish uchun kiritgan edi.

TOShKENT, 18 dek - Sputnik. BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiya delegatlari Qrim, shuningdek Qora va Azov dengizlari hududlari harbiylashuvi to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qildi, deb xabar berdi BMT Yangiliklar markazi.

Ukrainskie korabli, kotorie bili nakanune zaderjani rossiyskiim pogranichnikami - Sputnik O‘zbekiston
FXX Rossiya chegarasini buzgan Ukraina harbiy kemalarini namoyish qildi - video

Qrim harbiylashuvi hamda Qora va Azov dengizlari hududlari to‘g‘risidagi rezolyutsiyani Ukraina boshqa 40 ta davlat bilan hammualliflikda ko‘rib chiqish uchun kiritgan edi.

“Rossiya qo‘shinlarining Qrimda mavjud bo‘lishi Ukraina milliy suvereniteti, siyosiy mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga zid va qo‘shni mamlakatlar va Yevropa mintaqasi xavfsizligi va barqarorligiga raxna soladi”. Unda “Rossiyaning bosib oluvchi mamlakat sifatida Qrimni harbiylashtirishni kuchaytirayotgani munosabati bilan” jiddiy xavotirlar kelib chiqadi”, - deyilgan rezolyutsiya matnida.

Mualliflar yaqinda Qora dengizda sodir bo‘lgan holat tufayli qarama-qarshilikning zo‘rayib borayotganini ta’kidlashdi. 25-noyabr kuni Rossiya chegarasini buzgan Ukraina Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli uch kema qo‘lga olingan edi.

BMT Bosh Assambleyasi Rossiyani kemalarni hamda ularning ekipajlari va uskunalarini ozod qilish, shuningdek Ukrainaning Qora va Azov dengizlari, Kerch bo‘g‘ozidagi navigatsion huquq va erkinliklariga to‘sqinlik qilmaslikka chaqirdi. Hujjatda Rossiyaning Kerch bo‘g‘ozi orqali ko‘prik qurgani ham qoralangan.

“Bosh Assambleya Rossiyadan qat’iy ravishda bosib oluvchi mamlakat sifatida o‘z qurolli kuchlarini Qrimdan olib chiqib ketish va zudlik bilan Ukraina hududini vaqtincha istilo qilishga barham berishga chaqiradi”, — deyilgan qabul qilingan rezolyutsiyada.

Mazkur rezolyutsiyani 66 ta mamlakat qo‘llab-quvvatladi, 19 ta davlat qarshi chiqdi. 72 ta delegatsiya betaraf qoldi. Armaniston, Belarus va O‘zbekiston rezolyutsiyaga qarshi ovoz berishdi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston delegatsiyasi betaraf qoldi. Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston vakillari ovoz berishda ishtirok etmadilar.

Rossiya vakili Dmitriy Polyanskiy qabul qilingan rezolyutsiyani “Ukrainaning zararli harakati” deb atadi. Rossiya nuqtayi nazaridan Qrimning tegishlilik masalasi uzil-kesil va tamomila hal etilganini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0