Fransiya telekanalida Xiva haqida videorolik namoyish qilindi

© Sputnik / Utarbekov / Mediabankka o‘tishKompleks staroy kreposti Kunya Ark
Kompleks staroy kreposti Kunya Ark - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiyaning TV5 Monde telekanali orqali Xiva haqida videorolik namoyish qilindi.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Fransiyaning TV5 Monde teleradiokanali orqali Xiva tarixi haqida videorolik namoyish qilinmoqda.

Bu kichik filmni Bandua-communications Unipessoal Lda media kompaniya xodimlari tasvirga olishdi. Turizmni rivojlantirish qo‘mitasida ta’kidlanishicha, bunday lavhalar respublikaga sayohlar oqimini ko‘payishiga ko‘maklashadi.

Shu yil 30-noyabrda prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish, Xiva shahrining tarixiy qismini rejalashtirishga oid loyihalar bilan tanishgandi.

"Biz chet ellik turistlarni qadimiy tariximiz va qadriyatlarimiz bilan jalb qilishimiz mumkin. Lekin Xorazmning, Xivaning tarixi to‘liq o‘rganilmagan, uni tanishtirish bo‘yicha tizim ham yo‘q. Shuning uchun Xorazm tarixini eng qadimgi davrdan boshlab yilma-yil o‘rganib, odamlarga sodda tilda tushuntirishni yo‘lga qo‘yish kerak. Muhim davrlar va voqealar, har bir xon hayoti bo‘yicha shou-rumlar tashkil etib, sayyohlarni qiziqtirish zarur. Xivaga kelgan odam katta taassurot, bilim olib ketsin, bu yerda ko‘proq qolib vaqtini mazmunli o‘tkazsin", - dedi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0