TOShKENT, 17 dek – Sputnik. Toshkent viloyatining Qibray tumanida ayol kishining jasadi topildi, deb xabar qildi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.
“O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko‘ra, u "nafas yo‘llarini qon bilan berkilishi, aspiratsiya natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya, burun suyagining yopiq siljib sinishi, bosh miya va o‘pka shishi"dan o‘lganligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi”, - deyilgan xabarda.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi N.M. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
Ayni damda tergov tadbirlari davom etmoqda.