TOShKENT, 17 dek – Sputnik. O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2018-yil 16-dekabr kuni Moskva viloyatining Domodedovo shahrida baxtsiz hodisa sodir bo‘lib, uning oqibatida Shestovo qishlog‘ida qurilayotgan mehmonxona binosida bir nechta chet el fuqarolari is gazidan zaharlangan.
Ularning orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarolari bor:
1. Qayumov Irisbek Oloverdiyevich, 14.03.1990 y.t. Andijon viloyatidan;
2. Jabborov Sherzod Ne’matjonovich, 13.04.1975 y.t. Andijon viloyati Marhamat tumanidan.