Uebster lug‘ati 2018-yil so‘zini tanladi

© fotoliaSimvoli zakona i pravosudiya
Simvoli zakona i pravosudiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nashrda keltirilishicha, joriy yilda ushbu so‘z internet foydalanuvchilari tomonidan o‘tgan yilga qaraganda 74 foizga ko‘proq qidirilgan.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Amerikaning Merriam-Webster lug‘ati (Uebster lug‘ati) 2018-yilning so‘zi sifatida “adolat” (justice) so‘zini tanladi, RIA Novosti xabariga asosan.

Nashrda keltirilishicha, joriy yilda ushbu so‘z internet foydalanuvchilari tomonidan o‘tgan yilga qaraganda 74 foizga ko‘proq qidirilgan.

Sovmestniy konsert uchastnikov gruppi Queen i Adama Lamberta - Sputnik O‘zbekiston
O‘tgan asrning eng mashhur qo‘shig‘i ma’lum bo‘ldi

Lug‘at mualliflari so‘zlariga qaraganda, “adolat” va “adliya” kabi ma’nolarni anglatuvchi justice so‘zi OAVlarda Rossiyaning AQShdagi prezidentlik saylovlariga go‘yoki “aralashuvi” sababli yodga olingan.

Shuningdek, eng mashhur so‘zlar o‘ntaligidan “millatchilik” (nationalism), “o‘zgacha fikrlovchi” (maverick), “panseksual” (pansexual), “foydasiz” (feckless) kabi so‘zlar o‘rin olgan.

2017 yilda Merriam-Webster talqiniga ko‘ra “feminizm” yil so‘ziga aylangan edi.

Yangiliklar lentasi
0