TOShKENT, 15 dek - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati respublika Oliy Sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq, Nodir Boboxonov o‘n yilga, Abduvoxid Qosimov o‘n yilga, Tal’atjon Meliboyev o‘n yilga, Ikrom Muslimov chegaralanmagan muddatga va Baxbergen Ubaydullayev o‘n yilga Oliy sud sudyalari etib saylandilar.
Shu bilan birga Voxid Nazarov, Umidjon Rasulberdiyev va Maxamatibrohim To‘lanovlar boshqa ishga o‘tishlari munosabati bilan Oliy Sud sudyalari lavozimlaridan ozod etilganlar.