TOShKENT, 15 dek - Sputnik. Rossiyaning mashhur qiziqchisi Yevgeniy Petrosan o‘zbekistonlik hamkasbi, o‘rtog‘i Obid Asomovni so‘nggi manzilga kuzatish uchun O‘zbekistonga kela olmadi. Petrosan Germaniyada gastrol safarida bo‘lib turibdi.
O‘zbek qiziqchisi Obid Asomov yurak xuruji oqibatida, 56 yoshda olamdan o‘tdi. Qiziqchi bugun shanba kuni Toshkentdagi "Kamolon" qabristonida dafn etildi.
Petrosan o‘zining "Instagram"dagi akkauntida Asomovning oila a’zolariga, butun O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor qilgan. "O‘zbekiston va Rossiya buyuk iqtidordan judo bo‘ldi", - deydi rus qiziqchisi ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan videomurojaatida.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
"Uning ijrosidagi ko‘psonli nomerlar ekranlarimizda hali ko‘p yashaydi. Demak, uning Yerdagi hayoti davom etadi. Qayg‘udaman", - deb yozgan Petrosan.