TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekiston Milliy terma jamoa futbolchilari bosh murabbiy Ektor Kuper boshchiligida Ektor Kuper boshchiligidagi Turkiyaga yo‘l olish oldidan tibbiy tekshiruvdan o‘tishdi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ektor Kuper 15-29 dekabr kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tadigan yig‘inga jalb qilingan 27 nafar futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilgandi.
Ektor Kuper Osiyo Kubogiga kimlar bilan tayyorgarlik ko‘radi>>>
Turkiya yig‘ini Osiyo Kubogi oldidan so‘nggi yig‘in. Futbolchilar 29-dekabr kuni yig‘inni tugatib, keyin oradan uch kun o‘tgandan keyin Birlashgan Arab Amirliklariga yo‘l olishadi. Shu sababli katta musobaqa oldidan futbolchilarning jismoniy holati haqida xulosaga ega bo‘lish uchun tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.
Milliy terma jamoa bosh shifokori Abror Pirriyev jamoa tarkibidagi barcha futbolchilarning holati yaxshi ekanligini ma’lum qildi.
“Tekshiruvlar natijasiga qarab qaysi futbolchiga musobaqa oldidan qanday yondoshish bo‘yicha o‘zimiz uchun ma’loumotga ega bo‘ldik. Ana shu ma’lumotlar asosida yig‘in davomida futbolchilarni Osiyo Kubogiga tayyorlab boramiz. Ularga qanday vitaminlarni qaysi miqdorda berish, mashg‘ulotlardan keyin tiklanish jarayonini qanday o‘tkazish bo‘yicha ham o‘zimiz uchun aniq reja tuzib olamiz", - dedi Abror Pirriyev.
Avvalroq Ektor Kuper Osiyo Kubogini qo‘lga kiritish asosiy maqsadi ekanligi va muxlislarni qattiq tushkunlikka tushmasliklari kerakligi haqida xabar bergandik.
“O‘ylaymanki, biz hozir to‘g‘ri yo‘ldamiz”: Ektor Kuper Osiyo kubogini qo‘lga kiritmoqchi>>>
Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogi Birlashgan Arab Amirliklarida kelasi yil 5-yanvardan 1-fevraligacha bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.