Mirziyoyev joylardagi ijro organlarini tanqid qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev raskritikoval vlast na mestax
Shavkat Mirziyoyev raskritikoval vlast na mestax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat rahbari so‘zlariga ko‘ra, mehnatsiz, mashaqqatsiz O‘zbekiston aholisining turmush tarzini yaxshilash borasida natijaga erishib bo‘lmaydi.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Qarshi shahrida 14-dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida viloyat va tumanlar hokimlari, sektorlar rahbarlari yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari joylardagi ijro organlarini sustkashlikka, jamoatchilik ulardan talab qilishda befarqlikka yo‘l qo‘yayotgani uchun tanqid qildi.

“Xalqimiz yaxshi yashashini, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqishni istaymiz. Lekin hech kim mehnatsiz, mashaqqatsiz natijaga erishmagan, erisholmaydiyam! Prezident kelib yo‘nalish beradi, vazifa qo‘yadi. Ularni kim amalga oshiradi? Odamlar qachon uyg‘onadi? Biz ancha narsada kechikkanmiz. Agar endiyam uyg‘onmasak oldimizga qo‘ygan katta maqsadlarimizga yetolmaymiz. Birov kelib biz uchun hech narsa qilib bermaydi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, prezident dunyodagi raqobatga munosib bo‘lish, birni ikki qilish uchun har bir rahbar, har bir yosh har kuni o‘qishi, o‘zini qiynashi, izlanishi kerakligini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0