Jamiyat

Oʻzbekiston prezidentining ikki yillik faoliyati natijalari

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Maxsus mediametrik tadqiqotlar markazi yetakchi eksperti Igor Nikolaychuk - Sputnik Oʻzbekiston uchun.

Roppa-rosa ikki yil oldin, 14 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti lavozimida oʻz ish faoliyatini boshladi.

Yangi davlat yetakchisining ikki yillik faoliyati natijalari haqida gapirish juda ham zarur.

Koshelek s dengami - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Shavkat Mirziyoyev pensiyaga doir yangi farmonni imzoladi

Biroq, bugungi kunda oʻquvchilarni rasmiy hukumat maʼlumotlari bilan jalb qilish qiyin, biroq katta hajmli raqamli maʼlumotlarni qayta ishlashga asoslangan zamonaviy tahlil uslublarni qoʻllasa-chi?

Big data sohalar kesimida  

Bugungi kunda Big data, mediageografiya, siyosiy mediametriya juda ommabop.

Umumlashtiruvchi baholardan boshlaymiz. Savol: bugungi kunda Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Oʻzbekiston mental hududda qanday aks etgan?

Oʻzbekiston yetakchisining internet orqali respublika siyosiy hayotiga kirish “kardiogrammasi”ga qaraganda, uning fuqarolar bilan tanishishi juda ham faol boʻlgan. 

Prezident vazifasini bajaruvchidan inauguratsiyagacha internet tarmogʻidan soʻrovlar dinamikasi prezidentga oʻta katta qiziqish boʻlganligini koʻrish mumkin.

Bu grafikda boshidan yuqoriga qarab koʻtarildi.

© Tsentr spetsialnыx mediametricheskix issledovaniyGrafik zaprosov po internete po slovam "Shavkat Mirziyoyev"
Oʻzbekiston prezidentining ikki yillik faoliyati natijalari - Sputnik Oʻzbekiston
Grafik zaprosov po internete po slovam "Shavkat Mirziyoyev"

2017 yil dekabrdan 2018 yil avgustgacha boʻlgan muddatni "Oltin davr" deb aytish mumkin. Oʻzbekiston rahbarining harakatlari doimiy fuqarolar diqqat-markazida boʻldi.

Shu yil kuz boshidan beri soʻrovlar soni oʻrtacha kamaydi, ammo ayni paytda barqarorlashdi. 

Shavkat Mirziyoyev davlatni tinch va odatiy ish tartibida boshqarmoqda.

Har doimgidek, real siyosatda, hatto yetakchining juda ham mashhurligiga qaramasdan regional farq mavjud.

Bugungi kunda Mirziyoyevning mashhurligi eng maksimal darajada qayerda? Andijon viloyatida. Minimal – qoʻshni Fargʻona viloyati. Oʻrtadagi farq sezilarli. Agar prezident mashhurligini birinchi viloyatda bir deb olsak, ikkinchi viloyatda bu koʻrsatkich 0,14, yaʼni 7 baravar kam. 

Ushbu maʼlumotlarga izoh berishni oʻzbek sotsiolog-olimlari va siyosatchilariga qoʻyib beramiz, chunki bu ularning vakolatida.

Mirziyoyevning mashhurligi Navoiy viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Surxondaryo viloyatida nisbatan yuqori.

Toshkent, Samarqand, Xorazm viloyatlarida kamroq (Andijonda - 1 boʻlsa, bu yerda esa 0,6), biroq bu tabiiy hol. Andijon viloyati bu shunchaki baland va anomal choʻqqi boʻlgan deb tan olish kerak.

Birinchi, ikkinchi

Biz Shavkat Mirziyoyev va birinchi prezident Islom Karimov mashhurlik darajasini taqqoslash mavzusini chetlab oʻta olmaymiz. Karimovning tarixdagi roli haqida fikrlash bizga emas, biroq birinchi prezident xotirasi Oʻzbekistonda mustahkam.

Soʻnggi bir yil davomida ikkinchi va birinchi prezidentlarning mashhurligi taqqoslanganda, oʻrtacha natija 2:1 ga teng edi, biroq soʻnggi uch oy ichida bu koʻrsatkich deyarli tenglashdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pozdravlyayet grajdan s Dnem Konstitutsii - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Shavkat Mirziyoyev islohotlar, sudyalar va pensiya haqida nimalarni aytdi

Sotsiolog olimlarni respublikaning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda bunday raqamlar faqat xursand qilishi mumkin: elitalar ziddiyati, oʻzaro solishtirish, yaqin oʻtmish bilan "oldi-sotdi" qilish holatlari yoʻq. Bu yerda Mirziyoyev, albatta, siyosiy ochko oldi.

Jahonda mashhurlik

Albatta, hammani Mirziyoyev jahon axborot olamida qanday "aks ettirilgani" qiziqtiradi.

Birinchidan, juda murakkab bir shaklda koʻrsatilgan raqamlar siyosatchining mintaqada mashhurligi yoki siyosatchi aynan qayerda mashhurlikka erishganini koʻrsatib berishi mumkin.

Bu aslida, tashqi siyosat yoʻnalishlari vektorlarining reytingidir. 

"Mintaqaviy mashhurlik" – bu mintaqa, ushbu mintaqaga kelgan barcha natijalarining ulushiga boʻlingan holda, bu soʻzlar boʻyicha mintaqalarda ishtirok etgan ulushidir.

Agar soʻz yoki ibora 1 dan ortiq boʻlsa, demak bu mintaqada qiziqish yuqori ekanligini anglatadi, 1 dan kam boʻlsa – qiziqish kam.

Reyting Davlat Mirziyoyev
1 Oʻzbekiston 118,91
2 Tojikiston 14,07
3 Koreya Respublikasi 9,74
4 Xitoy 7,73
5 Yaponiya 6,51
6 MDH boʻyicha umuman 5,11
7 AQSH 4,58
8 Qirgʻiziston 4,36
9 Turkmaniston 2,64
10 Ukraina 1,64
11 Qozogʻiston 0,98
12 Rossiya 0,60
13 Germaniya 0,32
14 Belarus 0,03

Shavkat Mirziyoyevga Tojikiston bilan aloqalar va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida iqtisodiy homiylarni qidirish ustuvor ahamiyatni kasb etadi.

Aytgancha, biz hisob-kitob va uslublarga uncha ishonmaydiganlarni ishontirishga harakat qilamiz.

Oʻzbek-belarus aloqalari raqamlarda nisbatan kam boʻlganligiga eʼtibor qaratamiz. Biroq vaziyat hozir oʻzgarib bormoqda.

Oʻzbekiston elchisi Nosirjon Yusupov 28 noyabrda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashdi.

Prezident davlatlar oʻrtasida munosabatlar faol ravishda rivojlanayotganligini haqida koʻp gapirdi. U avvalgi "bir yarim va ikki oʻn yillik davomida hamkorlik rivojlantishi borasida qarzdorlik borligini" ochiqchasiga taʼkidladi.

Belarus prezidenti Oʻzbekiston prezidentini unga qulay boʻlgan vaqtda Belarusga tashrif buyurishini kutishayotganligini maʼlum qildi.

Terrorizm, korruptsiya, inson huquqlari

Tadqiqotimizda eng murakkab boʻlgan narsa bu - Shavkat Mirziyoyev prezidentligida ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan mavzularni topish qiyin boʻldi.

Axborot makonida terrorizm kabi kuchli salbiy axborot qatlami mavjud.

Bu mavzu Shimoliy Kavkaz respublikada oʻta dolzarb. U Tojikistonda ham jamiyat diqqat markazida. Oʻzbekistonda bu muammo dolzarbligi nisbatan kamroq, toʻgʻrisi, bu soʻnggi oxirgi oylar maʼlumotlariga qaraganda.

Shavkat Mirziyoyev na zasedanii - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
"Qani shuncha mutaxassis?": Mirziyoyev mehnat bozoridagi muammoni koʻtardi

Agar oxirgi besh yilni olganda, terrorizm tahdidi mintaqada: Tojikiston – 1,0; Qirgʻiziston – 0,86; Qozogʻiston – 0,72; Oʻzbekiston – 0,71; Rossiya – 0,39.  Oʻzbekistonning yangi prezidenti bilan muammoning dolzarbligi sezilarli darajada kamaydi.

Yana bir masala – korruptsiya. Soʻnggi besh yilda: Qirgʻiziston – 1,0; Tojikiston – 0,72; Qozogʻiston – 0,56; Oʻzbekiston – 0,42; Belarus – 0,35. Soʻnggi yil maʼlumotlari bilan taqqoslaganda Oʻzbekiston uchun bu indeks 0,60 ga oshganligini tan olamiz.

Bu yerda prezidentning ichki siyosatidagi ayrim xususiyatlari haqida gapirish mumkin.

Nihoyat, inson huquqlari masalasi: soʻnggi besh yil ichida Oʻzbekiston uchun bu soʻrov moʻtadil boʻldi: 0,38. Birinchi oʻrinda Qirgʻiziston – 1,0, Rossiya – 0,79. Shu yil yakuniga kelib bu indeks – 0,28 gacha kamaydi. Bu mavzu oʻzbekistonliklarga qiziq emas. Bu mavzu oʻzbek xalqiga doim tashqaridan kelgan.

Prezident Mirziyoyevning birinchi ikki yillik faoliyati yakunlarini kosmonavtlar shunday aytgan boʻlardi: “63 million 72 ming soniya... parvoz yaxshi!”.

Yangiliklar lentasi
0