O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov vafot etdi

© Mejdunarodniy press-klubObid Asomov
Obid Asomov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Obid Asomov bugun, 14-dekabr kuni 55 yoshida o‘tkir infarkt xastaligidan vafot etdi.

TOShKENT, 14 dek – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov bugun, 14-dekabr kuni 55 yoshida o‘tkir infarkt xastaligidan vafot etdi. Bu xabar "O‘zbekkonsert" davlat uyushmasida tasdiqlandi.

Xonanda Rayhon G‘aniyeva Instagram sahifasida "Hudo rahmat qilsin. Joylari jannatda bo’lsin" deb post yozgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Rayxon Ganiyeva (@rayhonganieva)

Eslatib o‘tamiz, Obid Asomov 1963-yil 22-oktabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida tavallud topgan. N.Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutida o‘qigan.

1993 yilda "Obid-A" teatrini tashkil qilgan. O‘zbekiston va xorijda mashhur qiziqchi, iste’dodli aktor sifatida tanilgan. 

2006 yildan Rossiya televideniyesi "Rossiya-1" telekanalining "Egri oyna" ("Krivoe zerkalo") hajviy ko‘rsatuvida qatnashib kelgan. Shundan so‘ng, Obid Asomov bir necha yil davomida O‘zbekiston televideniyesida ko‘rinmadi. 

2018 yil 24-may kuni Obid Asomov O‘zbekfilm qoshidagi "Multiplikatsion filmlar studiyasi" DUK direktori etib tayinlangandi.

Sputnik O‘zbekiston tahririyati marhumning oila-azolariga va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Yangiliklar lentasi
0