Mirziyoyev Vatan himoyachilari kunini nishonlash haqida farmoyish imzoladi

© SputnikPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Vatan himoyachilari kunining keng nishonlanishini ta’minlash davlat va jamoat tashkilotlarining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri hamda O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining sharafli burchi deb hisoblansin", - deyiladi hujjat matnida

TOShKENT, 14 dek - Sputnik. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27-yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident farmoyishi imzolandi, deb xabar qilindi Mudofaa vazirligi Telegramm kanalida.

O‘zbekistonda armiya tayyorgarligi tekshirilmoqda>>>

Hujjatda, 2018-yil 15-dekabrdan 2019-yil 15-yanvarga qadar O‘zbekistonda vatanparvarlik oyligi o‘tkazilishi aytilgan.

"Vatan himoyachilari kunining keng nishonlanishini ta’minlash davlat va jamoat tashkilotlarining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri hamda O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining sharafli burchi deb hisoblansin", - deyiladi matnda.

Maxsus tashkil qilingan ishchi guruh harbiy-ma’muriy sektorlar bilan hamkorlikda dasturda belgilab berilgan bayram tadbirlarini "Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!" degan umumiy g‘oya ostida amalga oshiradi.

Bayram tadbirlariga keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar jalb qilinishi alohida ta’kidlangan.

Bundan tashqari, davlat va jamoat tashkilotlarining rahbarlari o‘zlari tahsil olgan oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarida "Mardlik va jasorat" mavzusidagi darslarni o‘tkazadilar.

Staroe zdanie maxallinskogo soveta na Darxane v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ulug‘ vatan urushi qatnashchilari xotirasiga qo‘yilgan yodgorlik Darxon mahallasiga qaytadi

Ko‘chalar, maydonlar va tantanali tadbirlar o‘tkaziladigan joylar Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan plakat va stendlar bilan bayramona bezatilishi, shuningdek, madaniyat va istirohat bog‘larida mavzuga doir ko‘rgazma va ekspozitsiyalar tayyorlanadi, deyiladi xabarda.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, "O‘zbekkino" milliy agentligi va qator mutasaddi idoralar Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk sarkarda, shuningdek, qahramonona ishlar qilgan turli ixtisosliklardagi harbiy xizmatchilar yuksak vatanparvarlik, fidoyilik va sadoqatliliklarini ochib beradigan, ruhlantiruvchi she’rlar va kuylar, kino, teatr va tasviriy san’at asarlarini tayyorlash va namoyish etish ishlarini jadallashtirsinlar, deyilgan Farmoyish matnida.

Tantanali tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda ta’minlanadi.

Prezident askarlar uchun imtihon kiritdi>>>

Yangiliklar lentasi
0