TOShKENT, 13 dek – Sputnik. Yevropa mustaqil Euro-NCAP kompaniyasi 2018-yilda o‘tkazilgan krash-test natijalariga ko‘ra eng xavfsiz bo‘lgan avtomashinalarning nomini ma’lum qildi.
Eng yaxshi modellar turli sinovlarda to‘plangan ballar asosida 4 ta toifada tanlab olindi.
Ekspertlar “Katta oilaviy avtomobil” va “Gibridlar va elektrokarlar” toifalarida Lexus ES 300h sedan avtomobili g‘olib deb topishdi. Bu avtomobil haydovchi va katta yoshdagi yo‘lovchilar xavfsizligi bo‘yicha - 91 foiz, bolalar xavfsizligi – 87 foiz, yo‘lovchilar xavfsizligi – 90 foiz to‘pladi. Mavjud qurilmalarning ishini 77 foiz deb baholandi.
“Kichik oilaviy avtomobil” toifasida Mercedes-Benz A-sinf xetchbek avtomobili g‘oliblikka loyiq deb topildi. Bu avtomobil haydovchi va katta yoshdagi yo‘lovchilar xavfsizligi bo‘yicha - 96 foiz, bolalar xavfsizligi – 91 foiz, yo‘lovchilar xavfsizligi – 92 foiz to‘pladi. Xavfsizlik qurilma - 75 foizga baholandi.
“Katta krosover” toifasida g‘alabani Hyundai Nexo qo‘lga kiritdi: haydovchi va katta yoshdagi yo‘lovchilar xavfsizligi bo‘yicha - 94 foiz, bolalar xavfsizligi – 87 foiz, yo‘lovchilar xavfsizligi – 67 foiz to‘pladi. Xavfsizlik qurilma - 80 foizga baholandi.