Yangi MiG-35 qiruvchi samolyot sinovdan o‘tkazildi

Obuna bo‘lish
Rossiya harbiy uchuvchilari yangi MiG-35 qiruvchi samolyotini sinovdan o‘tkazishdi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligining matbuot xizmati.

MiG-35 qiruvchi samolyot bo‘lib, u havo va yerdagi nishonlarga zarba berishi mumkin.

Samolyotning taqdimoti yanvarda o‘tkazilgan. Shuningdek, ushbu samolyot MAKS-2017 aviasalonda ham taqdim etilgan.  

Harbiy uchuvchilar samolyot imkoniyatlarini to‘liq sinovdan o‘tkazishdi. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, barcha qo‘yilgan vazifalar bajarildi.

Yangiliklar lentasi
0