Sneatorlar O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Davlat budjetini muhokama qiladilar, Bojxona xizmati organi xodimlari kunini belgilaydilar. Majlis ishida 28ta masala ko‘rib chiqiladi.
Shundan 17 tasi qonunlarni tashkil etadi. Ular orasida “Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida”, "Urug‘chilik to‘g‘risida", "O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida", "O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi va boshqa qonunlar bor.
Shuningdek, Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlari hamda soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari muhokama etiladi.
Senatda, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining, tashqi ishlar vazirining axborotlari, Farg‘ona viloyati hokimining hisoboti, Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash masalalari bo‘yicha Parlament komissiyasi raisining Komissiya faoliyati to‘g‘risidagi axboroti eshitiladi.