TOShKENT, 13 dek – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Yakkabog‘ tumanida “Sag agro Yakkabog’” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan yong‘oqzor va bodomzorni borib ko‘rdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.
Bu bog‘lar davlat rahbarining joriy yil yanvar oyidagi Qashqadaryoga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida tashkil etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yakkabog‘ tumanida “Sag agro Yakkabog’” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan yong‘oqzor va bodomzorni borib ko‘rdi.
“Qashqadaryoda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha katta salohiyat bor. Yakkabog‘da ham hosildor yerlar, dehqonchilikni yaxshi biladigan odamlar ko‘p. Bundan to‘g‘ri foydalanib, bog‘dorchilikni rivojlantirish, aholini ham oziq-ovqat bilan, ham ish bilan ta’minlash mumkin”, - deb Mirziyoyevning so‘zlarini keltiradi matbuot xizmat.
Bugungi kunda 700 gektar maydonda yong‘oqning «Chendler», «Cisco» va bodomning «Avijor», «Guara» navli ko‘chatlari o‘tqazilgan. Kelgusi yil yana 440 gektarga ko‘chatlar ekiladi.
Yong‘oqlar 4-yilda, bodomlar 3-yilda hosilga kiradi. Shundan so‘ng yiliga 7 ming tonnaga yaqin mahsulot olish mumkin bo‘ladi. Mahsulotlarning 60 foizini eksportga chiqarish rejalashtirgan.