TOShKENT, 13 dek – Sputnik. Rossiyada xayriya bahonasida IShID va “Jabhat an-Nusra” jangarilari uchun pul yiqqan yetti kishini qo‘lga olindi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Jinoyatchilar Moskva mintaqasi, Checheniston, Dog‘iston va Ingushetiyada faoliyat yuritishgan. Ularning uyida tintuv o‘tkazilganda, ma’lumot yetkazish uchun texnika vositalari va ta’qiqlangan adabiyotlar topilgan.
Shubhali shaxslar Rossiya Jinoyat protsessual kodeksining 91-moddasiga binoan qo‘lga olingan. Guruhni qidiruvda bo‘lgan va ayni damda xorijda yashirinib yurgan radikal islom tarafdori Abu Umar Sasitlinskiy tashkil etgan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, jinoiy guruh a’zolari o‘z faoliyatlari davomida Suriyaga jami 38 million rubl jo‘natishgani aniqlangan. Mablag‘lar xayriya bahonasida ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan bank karta raqamlari va boshqa to‘lov tizimlarini orqali jamlangan.